Fan: O’zbekiston arxitektura yodgorliklari Fan o’qituvchisi: PhD (arch), dotsent Kamalova Dilnoza Zaynidinovna Ma’ruza №1 Kirish



Download 14,09 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi14,09 Kb.
#618293
Bog'liq
Ma\'ruza 1 Kirish


Fan: O’zbekiston arxitektura yodgorliklari
Fan o’qituvchisi: PhD (arch), dotsent Kamalova Dilnoza Zaynidinovna
Ma’ruza № 1
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy-ma’naviy sohalarda taraqqiyot hamda yangilanishning o’ziga xos va o’ziga mos yo’lini tanladi. Vatanimiz o’tgan qisqa vaqt mobaynida ulkan yutuqlarga erishdi.
Arxitektura yodgorliklarini (ularning fazoviy muhitda egallagan miqyosi jihatidan) shaharsozlik va me’moriy yodgorliklarga ajratish mumkin. Shaharsozlik yodgorliklari katta fazoviy muhitda joylashadi. Ular o’z ichiga tarixiy shaharlarni, shaharlarning qismlari - tarixiy mahallalarni, ko’chalarni, boshqa tarixiy aholi yashash joylarini hamda me’moriy majmualarni oladi. Ulardan tashqari shaharsozlik yodgorligi sirasiga qadimda vujudga kelgan karvon yo’llarini, katta hududlarni - vohalarni, ko’chmanchilardan himoya qilish maqsadida barpo etiltan qo’rg’on devorlar (uzun devorlar) kabi inshoot va tuzilmalarni kiritish mumkin.
Qadimda qurilgan, funksional-rejaviy va kompozision - badiiy jihatdan ozmi - ko’pmi, nisbatan mustaqil tiynatga ega bo’lgan hajmiy inshootlar me’moriy yodgorliklar deb hisoblanadi. Me’moriy yodgorliklar saqlanganlik darajasi nuqtai nazaridan butun saqlangan, ayrim yo’qotishlar bilan saqlangan yoki lavha (fragmentar) holatda saqlangan bo’lishlari mumkin.
O’zbekiston me’morchiligining shakllanishi va rivojlanishi uning jug’rofiy sharoiti bilan chambarchas bog’liq. U ko’p jihatdan keskin kontinental iqlim - juda issiq yoz, nisbatan sovuq qish hamda ikki ulkan sahro - Qoraqum va Qizilqum, Orol dengiziga quyiluvchi Sir va Amu daryolari bilan xarakterlanadi. Garchand O’zbekiston zaminida insoniyat juda qadimdan yashay boshlaganidan buyon geologik, iqlimiy o’zgarishlar sodir bo’lgan bo’lsada, ular biz ko’rib chiqadigan davrlarda me’moriy qonun - qoidalarni sezilarli darajada o’zgartirgan emas. Shuni ham ta’kidlash joizki, ba’zan daryo o’zanini o’zgartirib, sohildagi shaharlarni (masalan, Qat, Axsikatni) yuvib ketgan, vohalarning chegaralari o’zgarib turgan. Chunonchi, Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida madaniy tepalar shaklidagi arxeologik yodgorliklarning ko’pligi, qadimda bu joylar juda obod bo’lganligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, me’morchilikni ko’p jihatdan tabiiy - iqlimiy sharoit belgilaydi. O’zbekiston hududida qadimdan odamlar cho’llarda chorvachilik bilan, vohalarda dexqonchilik bilan, tog’ oldilarida esa har ikkisi bilan ham mashg’ul bo’lishgan. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarning nisbatan kamligi ularning nihoyatda e’zozlanishiga sabab bo’lgan. O’zbekistonda insonning mazkur ikki faoliyat turlari, ularning fazoviy muhitlari yonma -yon bo’lib, bir - birini to’ldirib turgan. Hunarmandchilik markazi bo’lmish shaharlarda ba’zan nafaqat hunar bilan, balki dehqonchilik bilan ham mashg’ul bo’lishgan.
O’zbekistonda tabiiy - iqlimiy va tarixiy - madaniy sharoitga ko’ra yetti hududni va ularning markazlarini ajratish mumkin:
1. Xorazm - Amudaryoning quyi oqimi (hududning Qoraqum va Qizilqum bilan qurshalganligi tufayli madaniyatining o’ziga xosligi kuchliroq bo’lgan);
2. Zarafshon vodiysining g’arbi - Buxoro va uning atroflari;
3. Zarafshon vodiysining sharqi - Samarqand va uning atroflari;
4. Qashqadaryo vodiysi - Shahrisabz va uning atroflari;
5. Surxondaryo vodiysi - Termiz va uning atroflari;
6. Chirchiq vodiysi - Toshkent hamda uning atroflari;
7.Farg’ona vodiysi.
Arxitekturaviy yodgorliklar yer ostki va yer ustki ko’rinishlarda uchrashi mumkin. Ularning paydo bo’lish vaqtlarini (qadimdan to XX asr ikkinchi choragigacha bo’lgan zamonni) olti yirik davrga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bular: eng qadimgi davr (miloddan avvalgi VI asrgacha bo’lgan vaqt), qadimgi davr (miloddan avvalgi VI asrdan milodiy VI asrgacha), ilk o’rta asrlar (VI-XIII asrning 1 - o’n yilligi), o’rta asrlar (XIII asrning 2 - o’n yilligi - XVII asrlar), XVIII - XIX asr o’rtasi hamda XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi davrlardir.
Download 14,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish