Fan o’qituvchisi: To’rayev Ro’ziboy



Download 153,89 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2023
Hajmi153,89 Kb.
#901135
  1   2
Bog'liq
(4)BAHODIROV BURXON web dastirlash

Termiz Davlat Pedagogika Instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 2- bosqich 201–guruh talabasi BAHODIROV BURXONning Web dasturlash fanidan tayyorlagan taqdimoti

Fan o’qituvchisi: To’rayev Ro’ziboy

Mavzu: Mijoz-server texnologiyasi asoslari. HTTP protokoli va ma’lumotlarni serverga jo‘natish metodlari. Mijoz so‘rovi shakli


Biz ma’ruzaning boshida PHP- server yordamida qayta ishlanadigan skriptli til ekanligini ta’kidlab o‘tgandik. Hozir biz server nima u, qanday funksiyalarni bajaradi va umuman qanaqa serverlar bo‘lishini aniqlab olamiz. Gap server haqida ketayotganida o‘z-o‘zidan mijoz tushunchasi esga tushadi. Chunki bu ikki tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ularni mijoz-server kompyuter arxitekturasi birlashtirib turadi. Odatda server haqida gapirilayotganida mijoz-server arxitekturasi nazarda tutiladi, mijoz haqida gapirilayotganida ham shu arxitektura nazarda tutiladi. Uning mazmuni shundaki, ikki ichki sistema funksiyasini ajratish qandaydir harakatlarni bajarayotgan so‘rovni jo‘natayotgan mijoz va shu so‘rovni bajarayotgan server yordamida amalga oshiriladi. Mijoz va server o‘rtasida o‘zaro aloqa TCP/IP va z39.50 kabi maxsus standart protokollar ishtirokida amalga oshiriladi. Aslida protokollar juda ham ko‘p, ular darajasiga qarab ajratiladi. Bizning dasturli masalalarimizda faqat HTTP protokoli kerak bo‘lgani uchun sal keyinroq uni ko‘rib chiqamiz. Hozircha mijoz-server arxitekturasiga qaytamiz va mijoz - server qanday tushuncha ekanligini aniqlab olamiz.
Har xil jarayonlarni bajarilishini nazorat qilib turadigan dasturlar to‘plamiga server deyiladi. Ushbu dasturlar mos ravishda qandaydir kompyuterga o‘rnatilgan bo‘ladi. Ko‘pincha server o‘rnatilgan kompyuterni server deb atashadi. Mijoz so‘rovi bo‘yicha qandaydir aniq jarayonni ishga tushirish va uni ishini natijasini mijozga jo‘natish kompyuter-serverning asosiy funksiyasiga kiradi.
Serverni istalgan xizmatidan foydalanilgan jarayonga mijoz deyiladi. Foydalanuvchi ham dastur ham mijoz bo‘la olishi mumkin. Mijozning asosiy vazifasi ilova talab qilayotgan vaqtda server bilan aloqada ilovani bajarish va uni amalga oshirishdir. Shu bilan birga mijoz foydalanuvchiga ishini mantig‘ini va kerak bo‘lganda uni masalasini serverga jo‘natishni, hamda ilova bilan ishlash uchun interfeys yaratib berishni ta’minlashi kerak.
Mijoz va server o‘rtasidagi o‘zaro aloqa mijoz tashabbusiga ko‘ra boshlanadi. Mijoz xizmat turini tanlaydi, seansni o‘rnatadi, o‘ziga kerak bo‘lgan natijani oladi va ish tugagani haqida xabar qiladi.
Ko‘pincha bir nechta mijozlar bir vaqtning o‘zida bitta server xizmatlaridan foydalanadi. Shuning uchun har bir server ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashi va katta ishlab chiqarishga ega bo‘lishi kerak.
Server kompyuterga ulanayotgan vaqtda lokal yoki global tarmoq bo‘lsa maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Serverni alohida turadigan kompyuterga ham ulash mumkin (unda u bir vaqtning o‘zida ham server ham mijoz vazifasini bajaradi).
  • Videoserver. Bunday server tasvirlarni qayta ishlashga, videomateriallarni, video o‘yinlarni va h.k.larni saqlash uchun mo‘ljallangan. Videoserver o‘rnatilgan kompyuter katta xotiraga va yuqori ishlab chiqarishga ega bo‘lishi kerak.
  • Qidiruv serveri - internetda ma’lumotni qidirish uchun mo‘ljallangan.
  • Pochta serveri elektron pochta orqali jo‘natilgan so‘rovlarga javob berish xizmatlariga ega.
  • WWW serveri – internetda ishlash uchun mo‘ljallangan.
  • Ma’lumotlar bazasi serveri - ma’lumotlar bazasidagi so‘rovlarni qayta ishlaydi.
  • Ma’lumotlar xavfsizligi serveri ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi (masalan, parollarni identifikatsiyalash muhitini mujassamlaydi)
  • Ilovalar serveri amaliy (prikladnoy) jarayonlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Bir tomondan masalani olish uchun mijoz bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi, ikkinchi tomondan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun keraklisini olib ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydi.
  • Masofadan turib foydalanish serveri ma’lumotlarga jamoaviy udalyonniy dostupni ta’minlaydi.

  • Fayl serveri qidiruv, saqlash, ma’lumotlarni arxivlash va bir vaqtning o‘zida ularga bir nechta foydalanuvchi ishlay olish xizmatlarini va resurslarni funksiyalashni ta’minlaydi

Serverlarning har-xil turlari mavjud. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan:
Odatda kompyuter-serverda bir vaqtning o‘zida bir nechta server dasturlari ishlaydi. Biri elektron pochta bilan, ikkinchisi fayllarni taqsimlash bilan, uchinchisi web sahifalar bilan ishlaydi. Hamma serverlar turidan bizni ko‘proq WWW serveri qiziqtiradi. Odatda uni http-server, web-server yoki oddiy qilib server deb atashadi. Web-server o‘zida nimani mujassamlashtiradi? Birinchidan, bu informatsion resurslar ombori. Ikkinchidan, bu resurslar foydalanuvchilarga internet standartlariga mos holda beriladi va saqlanadi (masalan, HTTP ma’lumotlarini uzatish protokoli singari). Bu protokol bilan bog‘liq holda ma’lumotlarni qanday tasvirlash mumkinligini keyinroq ko‘rib o‘tamiz. Web - serverdagi sahifalar bilan ishlash brauzer dasturlari (masalan, IE, Opera, Mozilla) yordamida amalga oshiriladi. Bunda brauzer dasturi HTTP protokoli mos ravishda yaratilgan so‘rovlarni serverga jo‘natadi. Server esa topshiriq, boshqacha aytganda surovni qayta ishlaydi va bajaradi, o‘z navbatida kayta ishlash jarayonida boshqa serverlar (bu yerda dastur serverlari nazarda tutilyapti, masalan MBBT serveri, fayl serveri, pochta serveri kabilar) bilan aloqa o‘rnatishi mumkin.
Web-serverga misol qilib Apache guruhining Apache serverini, Microsoft kompaniyasining Internet Information Server (IIS), Sun Microsystems firmasining Sun, Rambler kompaniyasi uchun Igor Sыsoev tomonidan yaratilgan nginx(engine x), Google kompaniyasining Google, NCSA(National Center for Supercomputing Applications) tashkilotining NCSA HTTPd, lighttpd(lighty) va boshqalarni keltirish mumkin.
Internet va NetCraff ning barcha domenlari ichida Web-serverlardan foydalanishning statistik ko‘rsatkichi keltirilgan


Download 153,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish