Mavzu:AXBOROT XAVFSIZLIGINING XUQUQIY VA MA’MURIY TASHKILIY TA’MINOTI.
Fan o`qituvchisi:Shodmonov . J
Bajardi:Bektemir Omonov
- Axborot xavfsizligi sohasida xuquqiy boshqarish;
- Axborot xavfsizligining xuquqiy ta’minoti – axborotni ximoyalash tizimida bajarilishi shart bo`lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy - xuquqiy xujjatlar, qoidalar yo`riqnomalar, qo`llanmalar majmui. Xozirda axborot xavfsizligining xuquqiy ta’mKompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikasiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish soxasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet/Intranet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari xamda axborotning kata xajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari, tanlanadi.inoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jixatidan faol o`rganib chiqilmoqda.
- SHu sababli, xar qanday tashkilot faoliyatini turli- tuman axborotni olish uchun qo`lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni taxlillash natijasida qandaydir muyayan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob’ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar kompyuter faqat tajovuz obekti bo`lsa, qonun buzilishini mavjud xuquqiy me’yorlar orqali baxolash mumkin. Agar kompyuter faqat instrument bo`lsa «texnik vositalarni qo`llash» alomati yetarli bo`ladi. YUqoridagi tushunchalarni birlashtirish mumkin - kompyuter bir vaqtning o`zida ham instrument va ham ob’ekt. Xususan bunday vaziyatga mashina axborotining o`g`irlanishi fakti taaluqli.
- Agar axborotning o`g`irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo`qotilishi bilan bog`liq bo`lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. SHuningdek agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog`liq bo`lsa, jinoiy javobgarlik O`zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko`zda tutilgan.
- Xuquqiy boshqarish predmetlari quyidagilar.
- - axborot ximoyasining xuquqiy rejimi;
- - axborotlashtirish jarayonlarida qonuniy munosabat qatnashchilarining xuquqiy maqomi;
- - sub’ektlarning, ularning axborot strukturalari va tizimlari ishlashi jarayonining turli bosqich va sathlaridan xuquqiy maqomiini hisobga olgan holda, munosabatlari tartibi;
- Axborot xavfsizligi bo`yicha qonunlarni O`zbekiston Respublikasi butun qonunlar tizimining ajralmas qismi sifatida tasavvur qilish mumkin, xususan:
- - tarkibida axborotlashtirish masalalariga doir me’yorlar bo`lgan konstitusiya qonunlari;
- - tarkibida axborotlashtirish masalalariga doir me’yorlar bo`lgan umumiy asosiy qonunlar (mulk, yer osti boyliklari, yer, fuqorolar xuquqi, fuqorolik, soliq xususida);
- - xo`jalikning aloxida strukturalariga, iqtisodiyotga, davlat organlari tizimiga tegishli boshqarish va ularning maqomini aniqlash bo`yicha qonunlar. Bu qonunlar axborot masalalari bo`yicha aloxida me’yorlarni o`z ichiga oladi;
- - munosabatlarning, xo`jalik sohalarining jarayonlarning muayyan muhitiga butunlay tegishli maxsus qonunlar. Bularga axborotlashtirish bo`yicha qonunlar taalluqli;
- - axborotlashtirish sohasidagi qonun talablarining bajarilishini reglamentlovchi me’yoriy xujjatlar;
- - qonunlar bilan belgilangan axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy xujjatlar;
- - tarkibida axborotlashtirish sohasida qonun buzilishiga javobgarlik me’yorlari bo`lgan O`zbekiston Respublikasining xuquqni muhofaza qilish qonunlari.
- Kompyuter tarmoqlari xavfsizligini ta’minlovchi davlat xuquqiy mexanizmining rivojlanmagan sharoitida korxonaning davlat va xodimlar jamoasi bilan munosabatlarni xuquqiy asosda rostlovchi xujjatlari jiddiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bunday muhim xujjatlar tarkibiga kuyidagilarni kiritish mumkin:
- - korxona (firma, bank) ustovi;
- - jamoa shartnomasi;
- - jamoa xodimlari bilan tuzilgan, tijorat siri bo`lgan ma’lumotlar himoyasini ta’minlash bo`yicha talablarga ega mexnat shartnomalari;
- - ishchi va xizmatchilarning ichki mexnat tartib qoidalari;
- - rahbarlar, mutaxassislar va xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning mansab bilan bog`langan majburiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |