Sirdaryo viloyati guliston shahar 3 umumta`lim maktabi Geografiya fani o`qituvchisi Mirsaidova Matlyubaning fan oyligining ochilish marosimi
BAYONNOMASI
Guliston shahar 3 umumta`lim maktabida Mart Geografiya va iqtisod fan oyligining ochilish marosimi bo`lib qoldi. Unda maktabning 5-11 sinf o`quvchilari va metod birlashma rahbari Sulaymonova Maloxat so`zga chiqdi. Metod birlashma rahbari nutqi davomida fan oyligi doirasida o`quvchilarning faol bo`lishlari xar bir fanga diqqat va e`tibor bilan yondashishlari kerakligi haqida gapirib o`tdi va tadbirni ochiq deb e`lon qildi.
Tadbir o`quvchilar ishtirokida tashkil qilindi. Unda geografiya faniga oid she`rlar qo`shiqlar tarixiy ma`lumotlar aytildi. Baxor fasli yangilanish yasharish fasli bo`lganligi uchun bahorga bag`ishlab raqslar ijro etildi.
Tadbir o`quvchilarda yaxshi taasurot qoldirdi va ko`tarinki ruhda tadbirni tomosha qildilar.
Fan o`qituvchisi Mirsaidova Matlyuba
Sirdaryo viloyati guliston shahar 3 umumta`lim maktabi Geografiya fani o`qituvchisi Mirsaidova Matlyubaning fan oyligining 5 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan Geografiya fanlarida amaliy mashg`ulotlar mavzusida o`tkazilagan bellashuv
BAYONNOMASI
Guliston shahar 3 umumta`lim makatbida 5 A -5 B -5 D sinf o`quvchilari o`rtasida Geografiya darslarida amaliy mashg`ulotlar mavzusida quyidagi shartlar bo`yicha bellashuv bo`lib o`tdi.
1.Tanishtiruv. Guruh nomi, shiori va emblemasi
2.Geografik koordinatani topishga oid masala ishlash
3. Chuqurlikni o`lchashga oid misol ishlash
4.Savol javob
Ushbu shartlar yakunida 5 B sinf I o`rinni a sinf II o`rinni 5 D sinf III o`rinni egalladilar.
Bellashuv yakunida g`olib bo`lgan o`quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Fan o`qituvchisi Mirsaidova Matlyuba
Sirdaryo viloyati guliston shahar 3 umumta`lim maktabi Geografiya fani o`qituvchisi Mirsaidova Matlyubaning fan oyligi doirasida Zakovat intelektual o`yini o`tkazilganligi
BAYONNOMASI
Guliston shahar 3 umumta`lim maktabida 10 mart kuni 7-8 sinf o`quvchilaridan tuzilgan ikkita jamoa o`rtasida geografiyaga oid zakovat savollari asosida bellashuv tashkil qilindi. Zakovat intelektual o`yinida Erotosfen va Ptolomey jamoalari o`zaro aqliy kuch sinashdilar. Bu bellashuv Erotosfen jamoasinig g`alabasi bilan yakunlandi. Zakovat intelektual o`yinida geografiya va iqtisod fanlariga oid mantiqiy savooal o`ynaldi. Intelektual o`yin qizg`in va munozaralarga boy bo`ldi. O`quvchilar katta qiziqish bilan o`yinda ishtirok etdilar. O`yin yakunida g`olib bo`lgan jamoa aolari Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Fan o`qituvchisi Mirsaidova Matlyuba
Sirdaryo viloyati guliston shahar 3 umumta`lim maktabi Geografiya fani o`qituvchisi Mirsaidova Matlyubaning fan oyligi doirasida Kichik akademiya azolari ishtirokida o`tkazilgan
maktab olimpiadasi o`tkazilganligi
BAYONNOMASI
Guliston shahar 3 umumta`lim maktabida III chorak yakunlangan bo`lishiga qaramay o`quvchilarni vaqtlarinin mazmunli o`tkazish maqsadida Kichik akademiya a`zolari o`rtasida maktab olimpiadasi tashkil qilindi unda 5-11 sinf o`quvchilari ishtirok etishdi. Olimpiada natijalariga ko`raI o`rinni quyidagi o`quvchilar egalladilar:
1 5- sinf To`raqulov ziyodbek
2 6 sinf Xamidjonova Dilobar
3 7 sinf O`rinboyeva Sarvinoz
4 8 sinf Kenjayeva Sarvinoz
5 9 sinf Rahmonov Abdurahmonlar yuqori natijalar ko`rsatdilar.
Olimpiada yakunida g`olib o`quvchilar taqdirlandilar.
Fan o`qituvchisi Mirsaidova Matlyuba
Sirdaryo viloyati guliston shahar 3 umumta`lim maktabi Geografiya fani o`qituvchisi Mirsaidova Matlyubaning fan oyligi doirasida 6 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan bellashuv
BAYONNOMASI
Guliston shahar 3 umumta`lim maktabida fan oyligi doirasida 6 sinf o`quvchilari o`rtasida bellashuv bo`lib o`tdi.o`quvchilar quyidagi shartlar bo`yicha bellashdilar
. 1.Tanishtiruv. Guruh nomi, shiori va emblemasi
2.Xarita bilan ishlash
3.Iqlim mintaqalarini topish
4.krasvord
Ushbu shartlar bo`yicha Yosh Geograflar va Beruniy izdoshlari jamoalari bellashdilar.
O`tkazilgan bellashuvda Yosh geograflar jamoasi 19.5 ball bilan g`oliblikni qo`lga kiritdilar. Bellashuv yakunida g`olib jamoa Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Fan o`qituvchisi Mirsaidova Matlyuba
Sirdaryo viloyati Guliston shahar 3 umumta`lim maktabi geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari o`qituvchisi Mirsaidova Matlubaning Mart-Geografiya va iqtisod fan oyligi doirasida bajargan ishlari
XISOBOTI
Guliston shahar 3 umumta`lim maktabi 1 mart kuni maktab buyrug`i chiqarilib fan o`qituvchisi tomonidan chora tadbir ishlab chiqildi. 2 mart kuni maktab faollar zali fan oyligining ochilish marosimi uchun tayyor holga keltirildi va o`quvchilardan kirish testlari olindi. 3 mart kuni maktabda Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fan oyliklarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Fan oyligi doirasida to`garakni jonlantirish ishlariga yanaga ko`proq e`tibor berish choralari ko`rib chiqildi.
Fan oyligining 2 haftasida 5A 5 B 5 D sinf o`quvchilari o`rtasida Geografiya fanlarida amaliy masalalar mavzusida o`zaro bellashuv bo`lib o`tdi. Ushbu bellashuvda 5 B sinf o`quvchilari I o`rinni 5 A sinf o`quvchilari II o`rinni va 5 D sinf o`quvchilari III o`rinni egalladilar.
7 mart kuni 5 sinf o`quvchilariga Atmosferaning tuzlishishi mavzusida ochiq dars bo`lib o`tdi.
10 mart kuni 7-8 sinf o`quvchilaridan tuzilgan ikkita jamoa o`rtasida geografiyaga oid zakovat savollari asosida bellashuv tashkil qilindi. Zakovat intelektual o`yinida Erotosfen va Ptolomey jamoalari o`zaro aqliy kuch sinashdilar. Bu bellashuv Erotosfen jamoasinig g`alabasi bilan yakunlandi.
Fan oyligining 3 haftasida Geografiya va iqtisod fanlaridan 5-11 sinf o`quvchilari o`rtasida Kichik akademiya a`zolari ishtirokida maktab ichki olimpiadasi tashkil qilindi. Va unda g`olib chiqgan o`quvchilar Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
O`quvchilar bilan sinfdan tashqari fanlarga oid amaliy bilimlarini oshirish uchun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar ko`rgazmasiga tashrif buyurildi.
Guliston shahar Geografiya va iqtisod fanlari o`qituvchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi. Unda oqituvchilarga Master Klass dars tashkil qilindi va Zakovat intelktual o`yini o`tkazildi.
Fan oyligi davomida o`quvchilarda fanlarga nisbatan qiziqish ortganligi sezildi. O`quvchilarning bilim saviyasini takroriy tahlil qilish uchun chiqish testlari olindi.
Fan oyligi doirasida faol qatnashgan o`quvchilar taqdirlandi va rag`batlantirildi.
Fan oyligi ko`tarinki ruhda o`tdi.
Fan o`qituvchisi Mirsaidova Matlyuba
SIRDARYO VILOYATI
GULISTON SHAHAR
3 UMUMTA`LIM MAKTABI GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANI O`QITUVCHISI
MIRSAIDOVA MATLUBANING MART-GEOGRAFIYA VA IQTISOD FAN OYLIGINI YIG`MA JILDI
Do'stlaringiz bilan baham: |