Darsning borishi
Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini tekshrish, o`quvchilarni darsga hozirlash.
Dars shiori:
O`rgat, o`rgan shiori,
Boshlang`ichdir poydevori.
Sog` tanda sog`lom aql,
Biz bunga doim kafil.
Uy vazifasini so`rash va o`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan 203-mashq tekshiriladi. O`qing. Gaplarni yozing. Harakatni bildirgan so`zlarni aniqlang va tagiga ikkita chiziq chizing. Yozganlaringizni tekshiring.
Bog`larda, xiyobonlarda sayr qilish kishiga kuch-quvvat bag`ishlaydi. Yurak faoliyatini yaxshilaydi. Kayfiyatni ham ko`taradi.
Xiyobon so`zida qaysi x tovushi bo`lar ekan?
Kuch-quvvat so`zi qanday yozilar ekan?
Harakatni bidirgan so`zlar qaysilar?
Harakatni bildirgan so`zlar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
Almashinuvchi daftarlar almashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |