1.Darsni tashkil etish.
1.Tashkiliyqism.a)davomatni aniqlash b)ob-havo haqida suhbat
2.O’tilgan mavzu yuzasidan suhbat: O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarga og’zaki savollar beriladi.
3.Yangi mavzu ustida ishlash.
ONA TABIATNI ARDOQLANG
Jonivorlarga ozor berishning yomon odat ekanligini izohlang.
Tabiat hodisalari, dov-daraxt, o’sim- lik, jonivor va qushlar — tabiat in'om- lari. Bizning yashashimiz va go’zallikdan quvonishimiz uchun tabiat tomonidan taqdim etilgan sovg'alardir.
Xonguli haqida ertak
Xonguli kam uchraydigan noyob o’simlik. U "Qizil kitob"ga kiritilgan. Ertagimiz ana shu go’zal gul haqida.
Qadim zamonda faro- von bir mamlakat bolgan ekan. Mamlakat xonining husnda tengsiz, mehribon va oqila qizi bor ekan. Kunlardan bir kuni u og£ir betob bolib qolibdi. Uning ahvolini ko’rgan saroy tabibi xonga:
— Xonim, yurtimizda bir sehrli gul bor. Uni Yosuman kampir o’z bog£iga yashirib qo’ygan. Agar qizingiz shu gulni hidlasa, shubhasiz, tuza- lib ketadi, — debdi.
Xon yurtga: "Gulni olib kelganga qizimni bera- man", deb jar soldiribdi.
Baland toglarda qo’y boqib yuradigan qo’rq- mas va dovyurak yigit — Botir podachi xonning qizini yaxshi ko’rar ekan. Qizning betobligi xa- barini jarchidan eshitgach, gulni olib kelish uchun Yosumanning bog'iga jo’nabdi. Yosuman kampir gulni qo’riqlashni ilon va yantoqlarga topshirib, qirq kunlik uyquga ketgan ekan. Botir podachi bog'ning panjarasiga yaqinlashganida uning doimiy hamrohi — qo’y haydab yuradigan tayog£i tilga kirib:
— Ilonlarni men bilan ursang, ular senga yocl berishadi, — debdi.
Botir podachi ilonlarni tayog£i bilan haydab, bog'ga kiribdi. Botir podachining oyoqlariga chirmovuq ilashib, yantoqlar unga tikanlarini sanchishibdi. U tayog'i bilan yantoq va chirmo- vuqlarni ura-ura, bog'ning o’rtasida, atrofga nur taratib, ochilib turgan gulga yetib olibdi. Gulni olib, avaylab qo’yniga solibdi. Yana yan- toq va chirmovuqlar bilan kurashib, panjarada- gi ilonlarni urib haydab, nihoyat tashqariga chiqib olibdi.
Shaharga yetib kelgach, xon saroyiga kirib, tabibga gulni beribdi. Tabib qizning g'unchadek lablariga gulni qo’ygan ekan, malika ko’zlarini ochibdi, yuzlari qizarib, ko’zlari nurga to’libdi. Tez kunlarda u butunlay sog'ayib ketibdi. Xon qirq kecha, qirq kunduz to’y-tomosha qilib, qizini Botir podachiga beribdi. Gulni esa o’z bog'ida parvarish qila boshlabdi. o’shandan beri xalq bu sehrli gulni yaxshi ko’rib, "Xonning guli — xon- guli" deb atar ekan.
Ertakdan noyob xonguli haqida nimalarni bilib oldingiz?
"Qizil kitob" yer yuzida kamayib bo- rayotgari jonivorlar va o’simliklarni hi- moya qilish uchun dono kishilar to- monidan o’ylab topilgan kitob. Yurti- mizdagi Buxoro kiyigi, yo’lbars, burgut, bulbul, tustovuq, kabi hayvon va parran- dalar hamda lola, xonguli kabi o’simliklar ham "Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar nomini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |