Fil bilan Maymun
(ertak)
Qadim zamonda, olis o‘rmonda katta va kuchli Fil kichik va chaqqon Maymun bilan do'stlashibdi. Fil har kuni o‘rmonni aylanib, Maymunning holidan xabar olar, Maymun esa Filni turli mevalar bilan siylar ekan. Bir kuni Maymun
yo‘qolib qolibdi. Fil uni izlab-izlab, oxiri daraxt- ning qir uchidan topibdi. Fil do‘sti Maymundan:
— Nimaga bu yerda o‘tiribsan? — deb so‘rabdi.
— Qo‘rqyapman, — debdi Maymun ovozi qalti- rab. — Yo‘lbars yeb qo‘yadi. Ana, daraxt orqasi- da poylab turibdi.
Fil kichik do‘stini xafa qilgan Yo‘lbarsning ta’zirini beribdi.
O‘tkir Hoshimovdan
Do'stlaringiz bilan baham: |