Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.
Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.
Suhbat boshida bola qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.
Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.
Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.
Suhbat metodining ijobiy tomoni – bola bilan bevosita muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |