Jurnaldagi tartib raqami orqali, 1-10 gacha har bir talaba uchun alohida savollar berilgan va 11-20 gacha yana 1 – savolni tanlab bajaradi.
Mavzu:
6.1. List konteynerlar. Ro‘yxatlar ustida amallar
6.2. Bog'langan ro‘yxat. Bir va ikki bog'lamli ro‘yxatlar. Bog‘lamli ro‘yxatlar ustida amallar
Laboratoriya ishida quyidagi qismlar bo’lishi kerak. Ishdan maqsad
Mavzu bo’yicha qisqacha tushunchalar
Masalani yechish (algoritm, dastur kodi, natija)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
TOPSHIRIQLAR Futbol jamosining 20 ta o’yinchilari familiyalaridan tashkil topgan ro’yxat berilgan. O’yinchilar 2 ta guruhga 10 tadan ajratilsin. Ikkinchi guruhga umumiy o’yinchilarni har 2-inchisi kirsin.
Sportchi familiyalaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. Qur’a tashlash amalga oshirilsin. Birinchi guruhdagi har n-inchi sportchi, ikkinchi guruhdagi har m-inchi sportchi bilan raqib bo’lsin.
Lotoreya ishtirokchilari familiyalari va mukofotlar nomlaridan tashkil topgan 2 ta ro’yxat berilgan. N ta ishtirokchi g’olib bo’lsin (har Kinchi). Mukofotlarni qayta hisoblash soni - t.
O’quvchilar familiyalari va imtihon biletlari raqamlaridan tashkil topgan 2 ta ro’yxat berilgan. O’quvchilar tomonidan olingan bilet raqamlari aniqlansin. Imtihon biletlari uchun qayta hisoblash soni - E, o’quvchilar uchun esa - K.
Mahsulot nomlaridan tashkil topgan ro’yxat berilgan. Ro’yxat elementlaridagi SONY firmasida ishlab chiqilgan mahsulotlardan tashkil topgan yangi ro’yxat yarating.
2 ta guruh talabalari familiyalaridan tashkil topgan 2 ta ro’yxat berilgan. Birinchi guruhdan L ta talaba ikkinchi guruhga o’tkazilsin. Qayta hisoblashlar soni - K.
BOSCH va PHILIPS konsernlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot nomlaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. Har ikkala firma tomonidan ishlab chiqilgan bir xil mahsulotlar ro’yxati tuzilsin.
Futbol jamoasining asosiy va zaxira tarkibi o’yinchilari familiyalaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. K ta o’yinchi almashtirilsin.
1- va 2-vzvod askarlari familiyalaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. Hujum natijasida 1-chi vzvoddan M ta askar halok bo’ldi. Ikkinchi vzvod askarlaridan birinchi vzvod to’ldirilsin.
Mahsulot nomlari va xaridorlar familiyalaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. Har bir N-chi xaridor M-chi mahsulotni sotib oladi. Xarid qilingan mahsulotlar ro’yxatini chiqaring.