Stored Procedures – Transact-SQL tilidagi protseduralar ro‘yxati saqlanayotgan protseduralar;
Users – baza egasi (owner)ni va bazaga kirish huquqiga ega foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar;
Roles – foydalanuvchilar guruhlari turlarining tavsifi;
DefaulS – bazadagi oshkormas qiymatlar tavsifi va ularning jadvallar ustunlari bilan aloqalari;
User Defined Data Types – foydalanuvchi ishlatgan berilganlar va ularning turlari tavsifi;
User Defined Functions – foydalanuvchi funksiyalarining tavsifi;
Full-Text Catalog – to‘liq matnli indekslarni saqlovchi papka.
Berilganlar bazasining jadvalini yaratish
Enterprise Manager programmasidagi Table papkasida New komandasini tanlash
2-rasm. MBda yangi jadvalni yaratish.
Paydo bo‘lgan New Table in on < SQL server nomi> nomli oynada jadval tuzilishini tavsiflash, ya’ni ustunlar nomi – Column Name, ustundagi berilganlar turi – Data Type, berilganlar uzunligi Length va berilgan bilan to‘lmagan maydonni mavjudligi - Allow Nulls xususidagi ma’lumotlar (3-rasm).
3-rasm. Yangi jadval tuzilishi tavsifi.
Saqlash (Soxranit) komandasidan so‘ng, jadval nomini kiritish kerak va u bazalar jadvali ro‘yxatida paydo bo‘ladi.
Uning tuzilishini o‘zgartirish uchun keyinchalik, Design Table komandasini tanlash mumkin, undan so‘ng yana jadval tuzilishi ta’rifi oynasi ochiladi.
Design Table oynasida indekslarni yaratish uchun asboblar orasidanManage Indexes/Keys tugmasini tanlash lozim, undan so‘ng jadval xususiyatlari oynasi - Properties ochiladi, uning uchinchi sahifasida indekslarni tasvirlash kerak, ular noyob bo‘lishi mumkin yoki yo‘q va klasterli (diskdagi jadvalning fizik tartibi indeksga mos keladi) bo‘lishi mumkin yoki yo‘q (4-rasm).
4-rasm. Jadval indekslari tavsifi.
Har bir jadvalni ko‘rinishi o‘zgargandan so‘ng, berilganlarni yangilab turish imkoniyati bo‘lishi uchun o‘z noyob indeksi bo‘lishi lozim.
Bazaning barcha jadvallarini yaratgandan so‘ng, o‘sha xususiyatlar oynasida jadvallar o‘rtasida aloqani yaratish lozim (boshqa jadvallar bilan aloqaga ega jadvallar uchun Properties oynasida ikkinchi sahifasida), so‘ngra bazaning Diagrams papkasida jadvallar o‘rtasidagi aloqalarning grafik tasavvurini yaratish mumkin (5-rasm).
5-rasm. MB chizmasi.
Aloqalar uchun, havolalar butunligi shartiga rioya etish talablarini, berish mumkin (6-rasmga qarang). Shu shartlarni Design Table oynasida ishlayotganda ham berish mumkin (3-rasm).
6-rasm. Jadval uchun aloqalar xususiyati oynasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |