“Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O’zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan eng ilg’or yetakchi o’n mamlakat qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda oila muhitidan mahrum bo’lgan bolalarning huquqlarini ta’minlash tizimi yaratilgan. Xalq ta’limi vazirligi tizimida bugungi kunda jami 25 ta Mehribonlik uyi, 2 ta Bolalar shaharchasi, 6 ta Oilaviy bolalar uyi, 18 ta kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo’qotgan oila farzandlari uchun mo’ljallangan maktab-internat hamda 88 ta maxsus maktab-internat faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |