Fan nomi: Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi Mavzu: T. Maltusning iqtisodiy qarashlari Tayyorladi: Usanov Behruzbek Termiz-2023 Reja: Maltusning Aholi Nazariyasi



Download 0,74 Mb.
Sana05.02.2023
Hajmi0,74 Mb.
#907992
Bog'liq
Usanov Behruzbek taqdimoti

Fan nomi: Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi Mavzu: T. Maltusning iqtisodiy qarashlari Tayyorladi: Usanov Behruzbek Termiz-2023

Reja: 1. Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) 2. Maltusning ijtimoiy siyosatga munosabati 3. Hozirgi zamon iqtisodchilarining T.Maltus g‘oyalariga munosabati

Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766–1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to„g„risida tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o„sishi to„g„risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi.

«Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining ―Nufus qonuni to’g’risida tajriba‖ asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziqovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch Tomas Robert Maltus (1766-1834.) 128 keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini taklif etadi: birinchisi – epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning yashash vositalari o’rtasida Me‘yoriy nisbatning o’rnatilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo’l – nikohdan voz kechish yoki kech turmush qurish, tug’ilishni kamaytirish.

Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini yetarli hajmda iste‘mol mollari bilan ta‘minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan.

Maltusning Ijtimoiy siyosatga munosabati T.Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy sababi boshqaruv yoki notekis taqsimotga bog’liq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson ehtiroslari», tabiatning xasisligi va odamlarning juda tez ko’payishi bilan bog’liqdir. Shu bois, «xalq o’z azob-uqubatlari uchun birinchi navbatda, o’zini ayblashi kerak». Unga hech qanday inqilob va ijtimoiy islohotlar yordam bera olmaydi. Shuning uchun aholining o’sishini va tekinxorag’batlantiruvchi ijtimoiy va xususiy xayrixohlikdan voz kechish zarur.

Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltus g’oyalariga munosabati Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltusning ijtimoiy siyosatning ahamiyatiga bergan bahosiga qo’shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va kam ta‘minlangan aholini qo’llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy jamiyat iqtisodiy siyosatning zarur qismidir. Bundan tashqari xayriya faoliyati ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ushlab turish uchun ham zarur: kambag’allarning ko’payishi bunday barqarorlikka xavf solishi mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini ham hisobga olish zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni susaytiradi.

T.Maltusning nufus nazariyasi industrial jamiyatdan oldingi taraqqiyot bosqichlari uchun to’g’ri keladi, negaki, unda ishlab chiqarishdagi asosiy rolni tabiiy resurslar o’ynagan, texnika taraqqiyoti esa tasodifiy xarakterda bo’lgan. Qayerda ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi yomon tashkil etilgan bo’lsa, qayerda hosildorlik past, yig’ib olingani esa omborlarning yetishmasligidan chiriyotgan bo’lsa, o’sha yerda T.Maltusning qayg’uli xulosalari o’z kuchini saqlab qolgan. Buni bugungi kunda ham ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar xalqlari his etib turibdi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 83 % jahon iste‘moli 20 % aholiga to’g’ri keladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar farovonligi darajasidagi farq kuchayib bormoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish