PMR va PAMRlar simpleksli ham va dupleksli ham radioaloqa kanallaridan foydalanishlari mumkin. Harakatdagi ikki tomonlama radioaloqa tizimining muhim xarakteristikasi uning si½imining kengligi, ya`ni xizmat ko’rsatiladigan abonentlari sonining maksimalligi hisoblanadi. Аloqa tizimini tashkil etish tamoyili va talab etiladigan xarakteristikalari tarmoq si½imini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Аloqa tarmogi ajratilgan chastotasi resursidan foydalanish usulini tanlash muhim hisoblanadi. Аloqa tizimi chastotali resursidan foydalanish usullari bo’yicha quyidagi sinflarga ajratiladi:

• Аbonentga biriktirib quyilgan aloqa kanallari bilan aloqa tizimi; • Аbonentlarning umumiy chastotali resurslarga erkin ulanishi bilan aloqa tizimi; • Fazoviy chastotalardan atrofga tarqatiladigan qayta foydalanishli aloqa tizimi (uyali aloqa tizimi).
PMR va PAMR harakatdagi radioaloqa tizimi birinchi ikki sinfiga kiradi. PMR da qo’pincha aloqa kanallarini qayd etib, ma`lum abonentlarga biriktirib qo’yish tamoyilidan foydalaniladi.
Simpleks – bir radiochastotali kanaldan foydalanib, ma`lumotlar bir yo’nalishda navbatma — navbat yuborilish aloqa rejimi.
Ikkichastotali simpleks yoki poludupleks – ikki radiochastota kanalidan foydalanib, ma`lumotlar navbatma-navbat ikki yo’nalishda yuboriladigan aloqa rejimi.
Dupleks – ikki radiochastotali kanaldan foydalanib, ma`lumotlar bir vaqtda ikki yo’nalishda yuboriladigan aloqa rejimi.
Guruhli aloqa – radiostantsiyalar bir chastotaga sozlangan holdagi aloqa rejimi. Bunda bir gapiruvchini guruhning hamma a`zolari eshitadilar.
Suhbatlashuvchi guruh – bir chastotada ishlovchi va tizimli sozlash bir turiga ega bir necha radiostantsiyalar. Suhbatlashish guruhi ikki yoki undan ko’proq foydalanuvchilardan iborat bo’lishi mumkin. Ikki foydalanuvchidan iborat suhbatlashuvchi aloqa — individual, guruhda bo’lsa — guruhli deb ataladi.