Fan nomi: Atrofimizdagi olam Sinf: 2 “_____” Sana: ____________
Mavzu: Ijtimoiy-foydali mehnat.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarni maktab binosida tuvaklarda o‘stirilayotgan, hovlisi va bog'ida yerda o‘sayotgan o‘simlik, daraxtlar va gullar bilan tanishtirish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, tabiatni e’zozlashga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi: o'zgalar mehnatini qadrlash, mehnat qilish, kasb tanlashga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish, savol-javob.
Didaktik mashqlar: „Ha-yo‘q“ mashqi.
Dars jihoziari: darslik, maktab bog'ida mehnat qilayotgan bolalar rasmlari, slaydlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
— 0‘quvchilarni darsga tayyorlash.
— Ma’naviyat daqiqasi.
II. 0‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash:
0‘quvchilar berilgan savollar yuzasidan „Kuz — hosil yig‘iladigan fasl“ mavzusi haqida bilganlarini so'z lab beradilar, rnavzu asosida chizib kelgan rasmlarini ko‘rsatib, izohlab beradilar. „Ha- yo‘q“ mashqi orqali o‘tilgan dars mavzusi mustahkamlanadi.
1. Bir yilda 5 ta fasl bor. (Yo‘q.)
2. Kuz fasli, sentabr, oktabr, noyabr oylaridan iborat. (Ha.)
3. Kuzda gilos, o‘rik, olcha, qulupnay mevalari pishadi. (Yo‘q.)
4. Mevalarni quritsak, turshak hosil bo‘ladi. (Ha.)
5. Paxta — rnilliy boyligimiz. (Ha.)
6. Qovun, tarvuz, qovoq yozda pishadi. (Yo‘q.)
III. Yangi rnavzu bayoni:
— Siz har shanba kuni darsdan keyin maktabda qanday ishlarni bajarasiz?
— Parta va stol-stuliami artamiz.
— Gullarni parvarish qilamiz.
— Deraza tokchalarini artamiz.
— Shkaflarni tozalab, changlarini artamiz.
— Maktab hovlisini supuramiz.
ljtimoiy-foydali mehnat haqida ma’lumot.
— Yuqori sinf o‘quvchilari qanday ishlarni bajaradilar?
— Maktab bog‘ida xazon va shoxlarni yig‘adilar.
— Daraxtlar tagini yumshatadilar.
— Bahor kelganda daraxt ko‘chatlari va gullar ekadilar.
— Siz va yuqori sinf o‘quvchilari bajargan bu ishlar ijtimoiy- foydali mehnatdir.
Darslik bilan ishlash.
Darslikdagi rasmni diqqat bilan kuzating. 0‘quvchilarga ism qo‘ying. Siz maktab hovlisida kimlarni ko‘ryapsiz? 0‘quvchilar qanday ishlarni bajaryaptilar? Rasm asosida matn tuzing va sarlavha qo‘ying.
Umumxalq hashari
Bahor fasli kelishi bilan dala va bog‘larda ish ko'payadi. 0‘quvchilar umumxalq hasharlarida qatnashadilar. Bugun maktab bog‘ida umumxalq hashari bo‘lyapti. Umumxalq hasharida yuqori sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Alisher yer chopayapti. Yulduz gul ko‘chati ekyapti. Botir esa gullarga suv quyyapti. Mahmud suv olib kelyapti. Halima yoiaklarni supuryapti.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning o‘gitlaridan biri ozodalik haqida edi.
Buyuk bobokalonimiz ham o‘z davrlarida yurt obodonchiligiga katta hissa qo'shganlar. Bog‘-rog‘lar yaratib, hovuzlar qurdirganlar. Mehnat qilgan kishilarni ulug‘laganlar. Nafaqat maktabda, balki mahalla va oilada ham mehnat qilish kerak, shunda o‘z mehriatingiz bilan kattalar hurmatiga sazovor bo‘lasiz.
Boshqotirmani to‘g‘ri yechsangiz „mehnat“ so‘zi hosil bo‘ladi.
Dam olish daqiqasi: „Chaqqon qiz“ qo‘shig‘i.
IV. Mustahkamlash:
Test topshiriqlari ekran orqali namoyish etiladi.
O'quvchilar mehnat haqidagi maqollardan namunalar aytadilar: Mehnat — mehnatning tagi rohat.
Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik.
Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing.
— videolavha ekran orqali namoyish etiladi.
V. 0‘quvchilami baholash va darsni yakunlash:
— Bugungi dars sizga yoqdimi? Ijtimoiy-foydali mehnat haqida nimalarni bilib oldingiz?
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa:
Mavzuni o‘rganib kelish va shu mavzu asosida rasm chizish.
Ko’rildi
O‘TIBDO‘: ___________ ____________________
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |