Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 0,5 Mb.
bet63/73
Sana30.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#599737
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Bog'liq
7 sinf texnologiya ogilbollar

Yangi mavzu bayoni:

Kavsharlash boshqa metall va qotishmalar yordamida metall buyumlarni bir-biriga ulashdan iborat. Bunda faqat qotishma eritiladi, ulanadigan joylar esa faqat isitiladi. Simlar. Radioapparatlar tayyorlashda va ularni ta’mirlashda chulg‘ambop, montaj simlari va radiochastota kabellari keng ko‘lamda ishlatiladi. Chulg‘ambop simlar induktivlik g‘altaklari, transformatorlar, elektr dvigatellar va rele chulg‘amlari tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Ular emal yoki tola izolyatsiyali mis yoki alyuminiy simdan ishlanishi mumkin. Tola izolyatsiyasi sifatida paxta, ip, tabiiy ipak, kapron, lavsan, shisha tola yoki ularning kombinatsiyasi qo‘llaniladi. Bunda emal qoplama ustidan tola izolyatsiya o‘raladi. Montaj simlaridan qurilmalar va ularning kirish va chiqish elementlari orasida elektr ulashlar uchun foydalaniladi. Radiouskunalarni montaj qilish va ta’mirlashda qattiq va egiluvchan montaj simlari ishlatiladi. Qattiq montaj simlari diametri 0,03 dan 10 mm gacha bo‘lgan bir simli tok o‘tkazuvchi tomirga ega. Tok isrofini kamaytirish va elektr kontaktni yaxshilash uchun egiluvchan simlar qalaylanadi. Bunday simlar erga ulash shinalarini, kontakt yoki montaj tayanchlariga bikr qilib mahkamlangan mayda detallarnini bikr qilib montaj qilishda ishlatiladi. Egiluvchan montaj simlaridagi tok o‘tkazuvchi tomir eshilgan bir nechta ingichka mis simlardan tayyorlanadi. Tomirda simlar qancha ko‘p va ularning diametri qancha kichik bo‘lsa, sim shuncha egiluvchan va elastik bo‘ladi. Egiluvchan montaj simlaridan yumshoq usulda montaj qilishda foydalaniladi, bu usulda radioelyomentlar montaj panellariga mahkamlanadi, ulash simlari esa shassiga erkin yotqiziladi. Ishlash vaqtida egiluvchan ulash simlari qo‘zg‘almas bo‘lishi yoki silji shi (masalan, agar. ular radioapparatning turli bloklarini ulaydigan bo‘lsa) mumkin. Montaj simlari namga chidamli maxsus lok bilan qoplangan polixlorvinil, rezina hamda ipak to‘qima, shuningdek, shisha tola, ftoroplast va plyonkali boshqa dielektriklar bilan izolyatsiyalagan holda ishlab chiqariladi. Radiochastota kabellari televizor va radiopriyomnik antennalari, antennalarning moslashtiruvchi elementlarini ulash uchun, shuningdek, alohida qurilmalar va ularning elementlarini bir-biriga ulash uchun ishlatiladi. Radiochastota kabellari odatda qattiq dielektrik bilan izolyatsiyalanadi. Kavshar deb, kavsharlash yo‘li bilan metall qismlarni ajralmaydigan qilib biriktirishga mo‘ljallangan rangli metallar va ularning qotishmalariga aytiladi. Kavsharlar suyuqlanganda metallar yuzasini ho‘llaydi, biriktiriladigan detallar oralig‘iga kiradi va qotgandan keyin mustahkam birikma hosil qiladi. Kavsharlar erish temperaturasiga qarab ikkita asosiy gruppaga: suyuqlanish temperaturasi 4500 C dan past oson suyuqlanuvchan yumshoq kavsharlar va suyuqlanish temperaturasi 4500 C dan yuqori qattiq kavsharlarga bo‘linadi. Yumshoq kavsharlar tarkibiga qalay, qo‘rg‘oshin, sur’ma, vismut, kadmiy va boshqa metallar kiradi. Kavshar tarkibida qalay qanchalik ko‘p bo‘lsa, erish temperaturasi shunchalik past bo‘ladi. Masalan, POC-30 kavsharda 30% qalay mavjud. Raqamlar qalayning tarkibini ko‘rsatadi. Yumshoq kavsharlar ishlatilganda radioelementlarni 250°C gacha qizdirish mumkin. Qattiq kavsharlar ma’lum sabablarga ko‘ra maktab ustaxonalarida ishlatilmaydi. Flyuslar kavsharlanayotgan yuzalarni tozalash uchun hamda yangi paydo bo‘ladigan keraksiz moddalardan himoyalashda foydalaniladi. Ko‘pincha flyuslar kislota asosida tayyorlangani uchun ularni ishlovdan keyin neyitralashtirish kerak. Apparatlar, elektrosxemalarda faqat kanifoldan foydalanish mumkin, chunki u kimyoviy neytral modda hisoblanadi.


  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish