Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Download 169,59 Kb.
bet23/59
Sana14.12.2022
Hajmi169,59 Kb.
#885682
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
7 sinf texnologiyadan yillik konspekt

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish, shaxsiy gigiyena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Duradgorlik o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda nam yog‘ochlardan buyumlar yasash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ularni dastlab quritish lozim. Ammo ishlab chiqarishda foydalaniladigan yog‘ochlar ma’lum darajada nam bo‘ladi. Suv yog‘och xujayralarining devorchalari orqali singib, ularning ichi va oralariga joylashadi. Xujayra devorchalariga shimilgani suv gigoskopiya suv, xujayralarning ichi va orasiga singan suv erkin tomchi deb ataladi. Yog‘ochning namligi laboratoriya sharoitida asosan ikki usulda uning nam va quritilgan xoldagi oralig‘ini o‘lchash yoki namlikni o‘lchaydigan asbob-elektr nam o‘lchagich yordamida aniqlanadi. Yog‘och namligini tortish yo‘li bilan aniqlash uchun taxta yoki gullarning uchidan 0,5 sm qismi kesib tashlanadi, qolgan qismidan 10-15 mm qalinlikda butoqsiz va biron nuqsonsiz namuna arralab olinadi. Uni tozalab texnik tarozida 20 mg aniqlik bilan tortiladi. So‘ng quritish shkafida 100-105 s temperaturada quritiladi. Namuna birinchi marta olti soatdan so‘ng tortib quritiladi, undan keyingi tortishlar xar 2 soatda takrorlanadi. Quritish namunaning og‘irligi o‘zgarmay qolguncha davom etadi. Yog‘ochning namligi undagi suv miqdorining mutloqo quruq yog‘och oralig‘iga yoki zichligiga nisbatan orqali aniqlanib, foizlarda ifod-alanadigan kattalikdir. Yog‘och namligini aniqlashning ikkinchi usulidan foydalanib, yog‘och namligi nam o‘lchagich yordamida qisqa vaqt ichida aniqlanadi. Asbobning ishlash prinsipi yog‘ochning elektr o‘tkazuvchanligiga asoslanadi. Yog‘ochning namligi qancha yuqori bo‘lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi. Mutloq quruq yog‘och elektr tokini o‘tkazmaydi. Yog‘och quritilganda avval undagi erkin suv, keyin gigroskopik suv bug‘lanadi. Yog‘ochlar ta’biiy va suniy usullarda masalan ochiq xavoda, ildizda, yopiq xonalarda, maxsus jixozlangan kameralarda qizdirilgan xavo bilan quritiladi. Ochiq xavoda quritish usuli quritilishi lozim bo‘lgan yog‘och materialni ochiq xavoda to‘g‘ri saqlashdan iborat bo‘lib, bunda yog‘och xavo ta’sirida sekin-asta quriydi. Yog‘ochni ta’biy va sun’iy usulda quritish quyidagi ketma ketlikka asoslangan. Quritilayotgan yog‘och atrofidan, oralaridan esgan issiq quruq yoki shamollatish vaqtida esgan qizdirilgan xavo yoki yog‘och tarkibidagi namlikni olib ketadi. Xavo oqimi qancha kuchli bo‘lsa, yog‘och shuncha tez quriydi. Yog‘ochlarni quritishda quritish rejimi katta ahamiyatga ega, temperaturani, namlik va havo oqimini boshqarish bilan yog‘ochning yorilmasdan, tob tashlamasdan qurishini ko‘rish mumkin. Yog‘och materiallarini ta’biy holda quritish va saqlash davlat standartlariga muofiq bajariladi. Ta’biy quritishda yog‘ochlar to‘g‘ri xolda saqlanadi. Bunda:
1. Yog‘och saqlanadigan joy maydonining atrofi va usti nishab bo‘lib, yog‘in - sochin suvlari to‘planmasligi kerak.
2. Yog‘och materiallari tagida va atrofida poyraxa, arra tuponi, chirigan tarasha, yoki daraxt po‘stlog‘i va axlat bo‘lmasligi kerak.
3. Yog‘och saqlanadigan ombor yoki imoratlar maydonidan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lib, panjara yoki sim to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim.
4. Yog‘och materiallar maxsus poydevorga o‘rnatilgan taglikka taxlanishi zarur. Ularning shu tarzda taxlangan tupi shtabel deb ataladi.
5. Shtabellar ostiga qo‘yiladigan yog‘och taglik antiseptik moddalar bilan bo‘lishi kerak.
Tagliklar shtapellarning turi, o‘lchamlariga qarab tayyorlanib, balandligi 50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Bargli daraxtlar yog‘ochlaridan tayyorlangan taxta materiallar shtapellarga 1,5-2m, balandligi 8-11 m taxlanadi. Taxtalar orasiga past sifatli taxtalardan qistirma-qo‘yib ketiladi. Taxtalar orasiga ko‘yiladigan pona shtabel osti to‘sinining ustiga bir yo‘nalishda tik joylashtirilib boriladi. Bargli kattalik daraxt yog‘ochlaridan tayyorlangan taxtalar shtabelga 5-10 sm taxlanadi. Shtabelning balandligi, tagligining kengligiga qarab, 6 m dan oshmasligi kerak. Taxtalarning yog‘in - sochin, quyosh ta’siridan saqlash maqsadida shtabellarning usti past sortli taxtalar bilan nishab qilib yopiladi. Taxta ko‘pincha sirtiga qaraganda ichidan tez yoriladi. Shuning uchun ta’biiy yo‘l bilan quritishda yorilishning oldini olish maqsadida taxtalarning ko‘ndalang qirqimiga oxak, loy, maxsus eritma chaplanadi yoki surtib qog‘oz yoki mato yopishtiriladi. Shuningdek, taxtalarni taxlashda yuqori qavatdagi taxtalar pastki qavatdagilarga soya beradigan qilib taxlanadi. Ta’biy quritish materiallarining qalin -yupqaligiga, yog‘och turiga, namligiga, temperaturasiga, yil fasllariga qarab 7 kundan 7b kungacha, ba’zan yil bo‘yi davom etadi. Yog‘ochlarni ta’biiy xolda quritish eng oddiy oson va arzon usulidir. O‘quv ustaxonasida ishlatiladigan yog‘och materiallari ham ko‘pincha ta’biiy usulda quritiladi. Buning uchun quritiladigan yog‘och materiallar maktab sharoitiga qarab bostirmalarda, ombor, chordoqlarda maxsus tagliklar ustiga qo‘yib saqlanadi. Qish faslida yog‘och materiallar tezroq qurish uchun ulardan keragi qirqib olinib, o‘quv ustaxonalarida saqlanadi, ba’zan isitish tarmog‘idagi batareyalar ustiga yoki pechkalar yoniga terib quyiladi. Yog‘ochlarni suniy quritish kameralarda olib boriladi. Bu usulda quritiladigan material kameraga terib taxlanadi va issiq xavo yuboriladi. Kamerada quritish ta’biiy quritishga qaraganda qator afzalliklarga ega. Kamerada yog‘och juda qisqa vaqt ichida quriydi va katta maydonlar bo‘lishini talab etmaydi. Kamerada yog‘ochni xoxlagan namlikkacha quritish mumkin. Kamerada temperaturaning yuqori bo‘lishi tufayli chirituvchi zamburug‘lar rivojlanmaydi. Kamerada quritilishni aniq boshqarish mumkinligi sababli yorilish va tob tashlashning oldini olish mumkin. Temperaturaning yuqori bo‘lishi natijasida nina bargli yog‘ochning smolasi qotib qolib, u keyinchalik buyum sirtiga chiqmaydi. Ko‘p yoqilg‘i va kamera quritishning kamchiligi hisoblanadi.Yog‘ochdan tayyorlangan buyumlarga rardoz berishda ishlatiladigan materiallar yog‘ochdan buyum tayyorlashning oxirgi bosqichi pardozlashdan iborat. Pardozlash yog‘och buyumining sirtini silliqlash, unga turli usulda bezaklar ishlash bilan chiroyli ko‘rinish hosil qilish hamla laklash va bo‘yash orqali yog‘ochni tez buzilishdan saqlaydigan himoya qatlami qilishdan iborat. Yog‘och buyum sirtini silliqlash uchun randalash, egovlash, jilvirlash usullari qo‘llaniladi. Randalashda yog‘ochning ta’biy ranglari yaltiroqligi, guldorligi yaqqol ko‘rinadi. Bu ishlar maxsus randalash stanoklarida yoki qo‘lda pardoz randalar yordamida bajariladi. Egovlash orqali yog‘och sirtidagi turli kattalik dagi g‘adir-budirliklar silliqlab tekislanadi. Egovlar sirti turli shakllarda hamda tishlarning shakli va kattaligi ham turlicha bo‘ladi. Yirik g‘adir-budirliklarni tekislash uchun yirik tishli egovlar, maydalari uchun mayda tishli egovlar ishlatiladi. Ayrim egri sirtlarni tekislashda tegishli egri shakldagi egovlar asosiy vosita hisoblanadi. Egov bilan pardozlashning oxirida eng mayda tishli egovlar ishlatiladi. Egovdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishi mashqlar davomida o‘zlashtirib boriladi. Egovni qo‘l bilan to‘g‘ri ushlash va uni egovlayotgan yog‘och ustida bir tekis bosgan xolda yurg‘izish kerak. Egov bilan ishlashda oldin uning dastasi mustahkam o‘rnatilganligini tekshirib olish kerak. Egovlash vaqtida qo‘llar shikastlanmasligi uchun egovning dastasi tegishli yo‘g‘onlikdagi silliqlangan yog‘ochdan tayyorlanadi. Uning ishlatishda bir qo‘l bilan dastasidan maxkam ushlagan xolda yog‘ochga bosib xarakatlantiriladi. Egov bilan ishlaganda qo‘larga ish qo‘lqopi kiyib olish lozim. Jilvirlash yog‘och sirtidagi mayda g‘adir-budirliklarni silliqlab tozalashdan iborat. Buning uchun ta’biy va sun’iy abraziv materiallarning mayda donador yoki kukunsimon zarrachalarni qog‘oz yoki lattaga elim bilan yopishtirib tayyorlangan jilvirlar ishlatiladi. Egovlash. Jilvirlash. Buyumlarning sirtlarini pardozlashda oldin uni jilvir qog‘oz bilan ishqalab tozalanadi. Jilvir qog‘oz mayda qattiq mineral yoki shisha kukuni elimlab yopishtirilgan ip mato yoki kalit qog‘ozdan iborat. Ular yirikligiga qarab dag‘al, o‘rtacha, mayda jilvirlarga bo‘linadi. Sirtlarni pardozlash xar xil murkkab profilli arralar charxlash uchun, arra tishlarini qiya charxlash (chapparrasini chiqarish) uchun, o‘tkir burchakli, murakab, profilli yassi frezalar bilan murakkab kesuvchi qismli parmalarni charxlash uchun ishlatiladi. Yog‘ochsozlik egovlarining quyidagi xillaridan foydalaniladi: parallel qovurg‘ali; to‘mtoq uchi yassi egovlar; oval qovurg‘ali egovlar; rom shaklidagi egovlar; uch qirrali (burchak shaklli) egovlar; kvadrat egovlar; dumaloq egovlar. Tishlarning kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi soniga qarab egovlarni quyidagi turlarga bo‘linadi: dag‘al-5-12 tishli egovlar dastlabki zagotovkaning sirtiga xomaki ishlov berishda qo‘llaniladi. Egovlarning nomlari rangi-och kulrang tusdir: egovlarning qoramtir rangda bo‘lishi kam toblanganligini ko‘rsatadi. Ulardan charxlash, kesish va jilvirlash uchun ishlatiladigan har turli abraziv asboblar tayyorlanadi. Jilvirlar dag‘al, o‘rta, mayin turlarga bo‘linadi. Yog‘ochda g‘adir-budurliklarning yirik yoki maydaligiga qarab avval dag‘al yoki o‘rta jilvir bilan tugallanadi. Jilvir bilan ishlashda uni to‘rtburchak yoki dumaloq yog‘och bo‘lagiga o‘rab o‘rnatiladi. Unda uning silliqlanayotgan yog‘och sirtiga bir tekisdan tegib ishqalanish ta’minlanadi. Qo‘l bilan ishlaganda asosiy aylanma xarakatlar yo‘nalishida jilvirlanadi. Elektr jilvirlash mashinasi bilan asosan to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda jilvirlanadi. Qo‘l bilan jilvirlashda albatta ish qo‘lqopi kiyish zarur. Jilvirlash ishlarni bajarishda changdan saqlanish qoidalariga rioya qilish kerak. Laklash uchun shaffof laklangan yog‘ochning rangi va gullar yaltiroq lak qatlamida chiroyli ko‘rinib turadi. Rangli laklar yog‘och rangini o‘zgartirib, shu lakning rangidagi yaltiroq qatlam hosil qiladi. Laklashni maxsus purgagich asboblar yordamida yoki cho‘tka hamda aylanadigan valiklar yordamida bajariladi. Bunda lakni buyum sirtiga bir xil qalinlikda va bir hil tezlikda surtib borishga erishish lozim. Nitro lak 2-3 soatda, boshqa turdagi laklar 12-24 soatda to‘liq quriydi. Laklash ishlari shamollatiladigan, havosi changsiz xonalarda bajariladi. Laklar tarkibida tez yonuvchi moddalar bo‘lgani sababli, ularni ishlatish va saqlashda yong‘inga qarshi qoidalarga qat’iy rioya qilish zarur. Bo‘yash yog‘ochning ta’biy rangini o‘zgartirgan xolda pardozlovchi hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim meballar va boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog‘ochni bo‘yash uchun ko‘proq moyli bo‘yoqlar, nitro bo‘yoqlar, emallar, suv emulsiya bo‘yoqlari ishlatiladi. Bo‘yash ishlarini bo‘yash, purkash mashinalari yordamida yoki cho‘tkalar va dumaloq valiklar yordamida bajariladi. Bo‘yoqni buyum sirtiga bir tekis ko‘rinishda hosil bo‘lguncha 2-3 marta surtiladi. Etarlicha qalinlikda surtilgan emal bo‘yoqlari yaltiroq ko‘rinish hosil qiladi. Boshqa bo‘yoqlar yaltiramaydigan qatlam hosil qiladi. Bo‘yash ishlarini shamollatadigan xonalarda bajariladi. Bo‘yoqlar bilan va ularni saqlashda shaxsiy xavfsizlik ham da yong‘inga qarshi qoidalarga rioya qilsh zarur. Yog‘och buyumlarini pardozlashdan tashqari ularni turli usullarda bezash ham mumkin. Ushbu bezash usullariga buyum sirtiga naqshlar va boshqa tasvirlar ishlash, yog‘och o‘ymakorligi usulida bezash hamda buyum sirtiga turli materiallarni yopishtirish orqali tasvirlar va naqshlar hosil qilish kiradi.


  1. Download 169,59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish