O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish, shaxsiy gigiyena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
O‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng ken tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik - deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o‘yib yoki bo‘rtik qilib naqsh ishlash tushuniladi. O‘zbekistonda metalldan yasalgan badiiy buyumlar ishlab chiqarish qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at bo‘lib, bu san’at o‘zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. XI asrdan boshlab kandakorlik mahsulotlarini mis hamda mis qotishmalaridan tayyorlay boshladilar. Kandakorlik xozirgi kunda xam xalq xunarmandchiligi turi sifatida rivojlanib kelmoqda. O‘zbek xalq amaliy san’ati turlari ichida zeb-ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik alohida o‘rin egallaydi. Zragarlik soxasida qimmatbaxo rangli metallardan zirak, boshga takdo‘zi, sanchoq, oltin tumor, ko‘krak bezagiga murg‘ak, zebigardon, tumorcha, soch bezaklari, sochpopuk, zulfi tilla, osma bezak, gajak, butun tirnoq, yarim tirnoq, qo‘sh duo, burun bezagi, arabak, yuz bezagi xol- binni, bo‘yin bezagi bo‘yintumor, bozband, bel bezagi kamar, qo‘l bezagi bilaguzuk, barmoq bezaklari uzuk va boshqalar bor. Turfa soch bezaklari qizlar kiyim boshida muhim o‘rin tutgan. Shulardan sochpopuk, yumaloq, tuf va boshqalar kiradi. Sochpopuk - soch bezak turlaridan biri bo‘lib, ayollar sochlariga taqadigan zargarlik bezagi. Bu bezak qora ipakdan eshilgan, uchlari popukdan o‘n besh-yigirmata chiyratma ip bo‘ladi. Bu iplara kumushdan quyma g‘uppa, qo‘ng‘iroqcha hamda naycha shaklidagi yana boshqa taqinchoqlar taqiladi. Sochpopuk turli shakllardan iborat bo‘lib, uni turli nom bilan yuritiladi. Andijonda sochpo-puk, bekakul sochpopuk, Namanganda esa kakulli sochpopuk, po‘r sochpopuk yoki balig‘og‘iz, panja-rali sochpopuk turlari bor. qo‘qonda qubba soch-popuk yoki katta qubba Namanganda kartnoma, kartnoma bo‘rdak, naycha, kartnoma, katta qubba, katta g‘uppa va boshqa turlari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |