Fan: Matematika.
Sinf: 4-“V”
Sana:17-fevral
Mavzu:”Paletka bilan tanishtirish”.
Maqsad:
1.Ta’limiy-o’quvchilar
paletka bilan tanishtiriladi,uni yasash va undan
foydalanishga o’rgatiladi;amallar tartibiga rioya qilgan ravishda ifodalarni
yechish malakalari takomillashtiriladi.
2.Tarbiyaviy-o’quvchilarda aniqlik,izlanuvchanlik,hozirjavoblik kabi sifatlar
tarbiyalanadi.
3.Rivojlantiruvchi-turli geometrik shakllar yuzalarini o’lchash yuzasidan
olingan bilimlar rivojlantiriladi.
Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar:suhbat,yarim izlanish,muammoli.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: shoffof plyonka, tayyor paletka
namunasi,turli nostandart geometrik yuzalar(rangli qog’ozlardan qirqib
olingan),darslik,”Yodda tut” tarqatma kartochkalari,archa va uning
o’yinchoqlari.