2. Korporativ va internet tarmog’i.
Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalanila-digan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1. Magistral tarmoqlar.
2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi.
Magistral tarmoqqa odatda, ko„p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi (2-rasm).
Korxona global tarmog’ining tuzilishi.
3. WAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar.
Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi.
Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz tomonidan bunday vositalar sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (remote access server) ta’minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo’ladi.
Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoqning, ya’ni internetning arxitekturasi 3-rasmda keltirilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi – ya’ni internet tarmog’i
4. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta'minotdan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan xar bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan Windows OT muxitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muxim xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va xar qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |