Fan klassifikatsiyasini tuzish. Fan



Download 135,76 Kb.
bet4/28
Sana02.06.2022
Hajmi135,76 Kb.
#629914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Begmatov

ma’lumot tayyorlash.
Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi 1-asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000-yilga yaqin mavjud boʻlgan. Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 5-asrda ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillarida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Milodiy 1-asrda qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-asr) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362 yildan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. R. shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Mac, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan avvalgi 3-asrda yer osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dek.da bayram oʻtkazilgan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi 1—milodiy 1-asrlardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-asr oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari barham yedi.

Suqrot buyuk mutafakkir” mavzusida tarixiy badia tayyorlash.


Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarga qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savol-javob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va xarakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1-dan, oʻrta miyonalik, moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavf-xatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvohlik berishicha, S. oʻzining chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S. taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan. Suqrot  yoki Sokrat (yun.: Σωκράτης taxminan mil. av. 470–mil. av. 399) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. U falsafada toʻntarilish yasagan Suqrot metodi muallifidir.

Platon ulug’ mutafakkir alloma” mavzusida maqola yozish


Aflotun o‘zining ideal davlat g‘oyasini Sitsiliyada Dionisiya tiraniyasi asosida amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Ammo uning bu urinishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Qadim yunon faylasufi Arastu (Aristotel, m.a.384-322yy.) “Siyosat” nomli asarida siyosat to‘g‘risidagi fanga asos solgan. U Aflotunni o‘zining ustozi sifatida tan olgan bo‘lsada, uning ko‘pgina fikrlarini inkor qilgan. Ammo bu ikki alloma yevropa madaniyati va sivilizatsiyasining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Chunki ular ilk bor davlatning qaror topishi, shakllanishi va boshqaruvidagi teologik konsepsiyalarga8 qarshi chiqib, mazkur jarayonning tabiiy ravishda kechishi g‘oyasini ilgari surgan. Arastu o‘zining ijtimoiy qarashlarini “Metafizika” (“Birinchi falsafa”), “Jon to‘g‘risida”, “Analitika”, “Siyosat to‘g‘risida” kabi bir qator asarlarida bayon etgan. Arastuning fikriga ko‘ra, har qanday davlat tabiiy ravishda va tarixiy rivojlanish natijasida oiladan9 boshlab shakllanadi. Arastu ham Aflotun kabi insonlarning ehtiyojlariga to‘laligicha javob beruvchi ideal davlat boshvqaruvini yaratishga intilgan. Yu.N.Davidov Arastuning ijodini o‘rganib chiqish natijasida shunday xulosaga kelgan: “o‘z asarlarida polis nomi bilan atalgan va bugungi kunda ilmiy manbalarimizda davlat sifatida tarjima qilingan tushuncha, aslida olim tomonidan jamiyat sifatida talqin qilingan va anglangan”. Arastuning ideal jamiyatida qul va quldorlarning mavjudligi tabiiy holat, deya baholangan. Chunki davlatni kimdir boshqarishi, kimdir esa unga bo‘ysunib, bajaruvchi vazifasini ijro etishi kerak. Olim ahloqiy fazilatlar faqat erkin kishilarga – quldorlarga xos, deb bilgan. Davlat boshqaruvida xalqni o‘z izmiga solish faqat ikki yo‘l: qo‘rqitish (qo‘rquvda saqlash) va mehr-muhabbat (g‘amho‘rlik) ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Aflotun va Arastudan so‘ng T.Gobbs, J.Lokk, J.Mill, Sh.Monteske, J.J.Russo, M.Veber va boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishdagi parlamentarizm muammolarini o‘z asarlarida ko‘rib chiqishgan.Qadim Rim jamiyatidagi ijtimoiy muammolar, ya'ni, tabaqalar o‘rtasidagi va fuqarolar orasidagi munosabatlarni tartibga solish masalasi jamiyatda huquq normalarining yaratilishi, qonunlarning ishlab chiqilishiga olib keldi. Huquqshunoslik fanining yaralishi qadimgi Rimda boshlangan. Qadimgi Rim huquqi yevropada huquq ilmining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun huquq fanning rivojlanishi qadimgi Rim bilan bog‘liq. Chunki nisbatan mukammal sanalgan va xususiy mulk munosabatlariga asoslangan respublika tuzumi aynan shu diyorga ilk bor qaror topgan edi (m.a. 510-509yy.). Bu paytda Rim qonunlari quldorlar huquqi va manfaatlarini himoya qilishga va aholining kam ta'minlangan qatlamlari hamda qullarni ekspluatatsiya qilishni qonunlashtirgan bo‘lsada, keyingi davrlarda yaratilgan qonunlarning tayanch asosi hisoblanadi. Qadimgi Rimda Yunonistondagi kabi faylasuf olimlar ko‘p bo‘lmagan. Bu diyorda asosan qonunlar ishlab chiqilgan. Rim huquqi va jamiyatini o‘rgangan mashhur olim Mark Tulliy Sitseron (m.a.106-43yy.) yunon falsafasini Rim aholisi orasida keng yoyish orqali aholining dunyoqarashini shakllantirishga harakat qilgan. U Aflotun asarlaridan ruhlanib, “Davlat haqida”, “Qonunlar haqida” nomli asarlarni yozgan (m.a.54-51yy.). Mazkur ishlarida Sitseron Rimning davlat tuzilishini o‘rganib, uni mukammallashtirish yo‘llarini qidirgan. Sitseronning fikricha, davlat (respublika) xalqning boyligidir12. Shuning uchun u xalq tushunchasi borasida quyidagilarni bildirgan: “xalq qandaydir tarzda birgalikda to‘plangan har qanday odamlarning birlashmasi emas, balki huquq va manfaatlar umumiyligi masalalarida o‘zaro bir-birlari bilan, kelishish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning qo‘shilmasidir13”. Shuningdek, mutafakkir barqaror va adolatli jamiyat qurishni orzu qilar ekan, uning markazini ideal fuqarolar tashkil etishini chuqur anglab yetgan. Ideal fuqaro burchlari sifatida Sitseron haqiqatni, adolatni anglagan, ruhiyati ulug‘vor va odob-ahloq doirasida bo‘lgan, o‘z intilishlarini faqat ezguliklarga qaratgan insonni tushunadi. Olim fuqarolarning burchlari borasida fikr yuritib, fuqaroning vatan oldidagi askar sifatida himoya qilish majburiyatini14 asosiy burchlardan biri sifatida ko‘rsatgan. D.Markovichning ta'kidlashicha, Sitseronning Rim huquqini o‘rganishdagi hissasi juda ulkan bo‘lib, buni sinfiy jamiyatni o‘rganishdagi ilk sotsiologik tadqiqot sifatida baholash mumkin. Fozil jamiyat qurishga oid nazariy izlanishlar bir qator Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari tomonidan yaratilgan. Adolatli jamiyat qurish, fuqarolik jamiyati unsurlarining shakllanishiga doir ulkan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlardan bir Abu Nasr Farobiy (875-950yy). Uning fikricha, jamiyatda har bir tabaqa yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, o‘zining muayyan funksiyalariga ega bo‘lib, shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashgan bo‘ladi16. Olim jamiyatning kelib chiqishi haqida shunday yozgan: “Har bir inson o‘z tabiatiga ko‘ra shunday tuzilganki, u yashash va oliy toifali yetuklikka erishish uchun ko‘p narsalarga muhtojlik sezadi, uning o‘zi esa bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi. Shu bois ularga ega bo‘lishda kishilik jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Olim jamoani uch toifaga ajratgan: buyuk jamoa – dunyodagi barcha xalqlarning birlashuvi; o‘rta jamoa – bir xalq yoki millatni birlashtiruvchi jamoa; kichik jamoa – alohida bir shahar. Albatta bunda olim o‘rta jamoa doirasida ilk fozil jamiyatni tushungan va tadqiq etgan. Uning fikricha, fozil jamoa qurish uchun insonlarning ma'naviy yuksalishi va ularda fuqaroviy fazilatlarning shakllanishi zaruriy shartdir. U shunday yozadi: “Fuqarolardan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq emas. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan, eng olijanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan himoya qiladilar. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bo‘ladilar, xatto hammaning manfaatini o‘zlarining manfaatlaridan ortiq ko‘radilar, umumning manfaati uchun o‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan voz kechadilar, xalq manfaati uchun o‘zlaridagi kuch-g‘ayrat va boyliklarni ayamaydilar.
Arestotel antik dunyoning universal aql egasi”

Download 135,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish