Fan klassifikatsiyasini tuzish. Fan



Download 135,76 Kb.
bet10/28
Sana02.06.2022
Hajmi135,76 Kb.
#629914
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
Begmatov

ma’lumotlar tuzish.
IX asr oxiri va X asrning boshlarida jahon madaniyati va ma`rifatining yirik markazlaridan biri Gurganjda (hozirgi ko‘hna Urganch) Ma`mun sulolasi (995-1017) Xorazm-ni tiklash va ravnaqini ta`minlash uchun tinimsiz harakat qildi. Xorazmshohlar somoniylar, qoraxoniylar va g‘aznaviylarning xurujlariga qaramasdan o‘z davlati qudratini ta`minlashda ma`rifatparvar olimlarning maslahati va amaliy madadidan keng foydalandi. Ularga mehr-muruvvat ko‘rsatib, homiylik qildi. Shu yo‘sinda buxorolik yosh olim ham Gurganjda faoliyatini davom ettira boshladi. Bu vaqtda u endigina 25 yoshni qarshilagan edi. Ibn Sino tibbiyot ilmi sohiblari bilan yaqin hamkorlikda bo‘ldi va o‘zining mashhur "Al-qonun fit-tibb" ("Tib qonunlari") asarining dastlabki kitoblarini qog‘ozga tushirishni Xorazmda boshladi. Ustozi Xammor maslahati bilan "Insonning yaratilishi va a`zolarining tuzilishi", "Tutqanoq kasalligi haqida", "Qarilikda sog‘lom yashash haqida" kabi kitoblarini yozdi. Vaqtlar o‘tishi bilan ma`lum sabablarg ko‘ra Xuroson hukmdori Sulton Mahmud Xorazmshoh saroyidagi olimlarni G‘aznaga qaytarishni ta`lab qiladi. G‘aznaviylar hukmdoriga kuyov bo‘lishiga qaramasdan Abul Abbos Ma`mun ibn Ma`mun unga rad javobini beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, Mahmud G‘aznaviy Xorazmdagi olimlarni o‘z tomoniga ag‘darib-qaytarib olishning rasmiy va norasmiy usullarini ishga solgan: o‘z ixtiyori bilan G‘aznaga qaytib kelgan olimlarga katta in`omlar, uy-joy, boylik, mansab va`da qilgan. Bunday do‘q-po‘pisa va ta`qibdan cho‘chigan bir guruh olimlar Gurganjni tark etib, Xurosonga ketishga qaror qiladilar. Ular orasida Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masixiy va boshqalar ham bor edi. Ibn Sino Xurosonda yashagan davr-da Xorazmda hamkorlik qilgan olimlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib turganligi haqida ma`lumotlar to‘la saqlanmagan. 1017 yilda Sulton Mahmud Xorazmni egallagach, "Baytul Hikma" olimlarining aksariyatini G‘aznaga olib ketgan va ular safida Ibn Sino hamda uning do‘sti Abu Rayhon Beruniy ham bor edi. Ibn Sino XI asrning buyuk allomalari jamlangan Ma`mun akademiyasida yetti yil davomida ilmiy izlanishlar olib bordi. "Tib qonunlari" kitobi uchun bebaho materiallar to‘pladi, jarrohlik operasiyalari o‘tkazdi. Kasallik va uning kelib chiqishi, diagnostika va uni davolashda determinizmni asos qilib oldi: har bir kasallik, muhit, sharoit, ovqatlanish, tananing o‘ziga xos xususiyati, organizmning tashqi ta`sirga munosabati kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligini hamda shu orqali aniqlanishini isbotlab berdi. Bir so‘z bilan aytganda, ilk bor kasallikni davolash ilmini ishlab chiqdi. Bu tibbiyot ilmida noyob kashfiyot edi. Abu Ali ibn Sino jismonan o‘ta baquvvat inson bo‘lsa-da, muhojirlikdagi qo‘nimsiz hayoti va tinimsiz mashaqqatli mehnati oqibatida o‘z salomatligiga yetarli darajada e`tibor bera olmagan. Natijada, u kulanj kasalligi bilan og‘rib, 1037 yilda 57 yoshida Hamadon shahrida dunyodan ko‘z yumdi. 1980 yilda YUNESKO tomonidan alloma tavalludining 1000 yilligi keng nishonlangan edi. Milliy merosimiz va yuksak qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi kunlarda ham Abu Ali ibn Sino merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga ayniqsa katta e`tibor berilmoqda. "Tib qonunlari" asarining o‘zbek tilida 10 jild-li nashr etilgan. Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi tashkil etilib, uning ma`rifiy va tashkiliy faoliyati tobora kengayib bormoqda. Ma`mun akademiyasining 1000 va Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyini nishonlash tadbirlari doirasida olimning buyuk merosi va uning xorazmlik olimlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rganish ishlariga jiddiy e`tibor bilan qaralayotganligi ham bu ishlarning mantiqiy davomidir. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo’lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga ko’chib, Hurmaysan qishlog’iga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog’ida Sitora ismli qizga uylanib ikki o’g’il farzand ko’radi. O’g’illarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Bu-xoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qur’-on va adab darslarini to’la o’zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shug’ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur bo’lgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qo’lida olim mantiq, handasa va falakiyotni o’rgandi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o’zib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini ko’rgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan so’ng ota o’g’ilga ilm o’rganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini o’zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o’qidi, xususan, tabobatni sevib o’rgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi. I. S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh alQumriyning xizmati katta bo’ldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning ko’p sirlarini o’rgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan bo’lib, 999 y. da vafot etdi. I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O’sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo’lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrug’i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog’ayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Somoniylarning kutubxonasi o’sha davrda butun O’rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg’ul bo’lib, o’z davrining eng o’qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab o’rta asr falsafasini musta-qil o’rganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qo’liga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni o’qib chiqibgina I. S. metafizikani o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy she’riy asari, o’z qo’shnisi va do’sti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko’p fanlarni o’z ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini ta’lif etdi. Undan tashqari, boshqa bir do’sti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga kura, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi. Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va og’ir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul g’alabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda Buxoroda ortiq qolib bo’lmas edi. Shu bois I. S. o’z yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch bo’lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o’lka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Ma’mun (997—1009) va Ma’mun ibn Ma’mun (1009—1017) ilmfanga e’tiborli hukmdorlar bo’lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining ko’pgina taniqli olimlari to’plandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qo’shildi. Xorazmda I. S, asosan, mat. va astronomiya bilan shug’ullandi. Bu soqalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyokarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan bo’lgan ilmiy muloqotlar katta ahami-yat kasb etdi. I. S. ning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o’zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. I. S. Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi bo’lganidan, I. S. u bilan do’stlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa cho’zilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan G’azna qukmdori sulton Mahmud G’aznaviy bu o’lkaga ko’z ti-kadi. U, avval, Ma’munga saroydagi bir guruh olimlarini G’aznaga jo’natib yuborishni so’rab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu-l-Hammor G’aznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xo-razmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzokda hayot kechirishga majbur bo’ladi. Masihiy bilan I. S Jurjonga — Masihiyning vataniga yo’l oldilar. Lekin yo’ldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob bo’lib, vafot etadi. Natijada, I. S azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, so’ng Obivard, Tus, Shiqqon va Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining jan.sharqida joylashgan Jurzkon amirligiga yetib keladi. I. S. Jurjonda 1012—1014 y. larda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Juzjoniy bilan uchrashuv va bir umrga do’stlashuv sodir bo’ladi. U I.S.ga nafaqat shogird, balki sodiq do’st ham edi. U I.S. bilan olimning so’nggi damigacha, 25 y. davomida birga bo’ladi. I. S. tarjimai holining yozilib qolishi, ko’pgina asarlarining ta’lifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Juzjoniyning xizmati katta. Jurjondalik vaqtida I. S. ham ilmiy ijod bilan shug’ullandi, ham tabib sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko’ra, mantiq, falsafa va b. fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. I. S. Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan bo’lmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda I. S. savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor bo’ldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud G’aznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois I. S. Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, bo’lgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) quzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bulib ishlaydi, sung vazirlik mansabiga kutariladi. Davlat ishlari bilan band buli-shiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yara-tadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, o’zining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi. I. S Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga kura, shu yili Isfahonga jo’nab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda o’tkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg’ul bo’lib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.
Juzjoniyning yozishicha, I. S. garchi, jismoniy juda baquvvat bo’lsada, birok, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy ta’sir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida I. S. qattiqbetobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yulda dardi qo’zg’ab olimning tamomila madori kuriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga1952y. maqbara ishlangan (me’-mori X. Sayxun). Makbara I. S.ga ba-g’ishlangan muzey xonalarini ham o’z ichiga oladi. Zamondoshlari I. S. ni "Shayx arrais" ("donishmandlar sardori, allomalar boshlig’i"); "Sharaf al-mulk" ("o’lka, mamlakatning obro’si, sharafi"), "hujjat alhaqq" ("rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("donishmand, tadbirkor vazir") deb ataganlar. Jahon fani tarixida I. S. krmusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o’z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug’ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharqning ilmiy tili bo’lgan arab tilida, ba’zilari (she’riy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo’lib, qolganlari man-tiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, mat., musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag’ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o’rganilgan emas. I. S. ning ko’proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko’pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qaytaqayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa ko’p asarlari hali qo’lyozma holida o’z tadqiqotchilarini kutyapti.


Download 135,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish