"N.Kopernik ulug' olim "
O`rta asrlarda Fan rivojiga arab, Sharq va O`rta Osiyo olimlari ulkan hissa qo`shdilar. Ular qadimgi Fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e‘tibor berdilar. Shuningdek, ular fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. O`rta Osiyonnng buyuk olimlari ilm-fanning eng yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etdilar. Muhammad al-Xorazmiy tenglamalar haqidagi fan sifatida algebra va to`n-ich algoritmlarni kashf etdi. Ahmad Far-oniy astronomiyaga sistema tarzini berdi. Ahmad Marvaziy trigonometriyani boyitdi (IX-asr). Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrni yuksaltirdi, muzikaning matematik nazariyasini yaratdi. Xamid Xujandiy kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi (X-asr). Mahmud Qosh-oriy o`z davrining qomusi bo`lgan «Devonu lu-otit turkni yaratdi. Abu Rayxon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratuvchilardan biri bo`ldi. Abu Ali Ibn Sino meditsinaning ilmiy zaminini qo`ydi (X1-asr). Ulu-bek, -iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qo`shdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori po-onaga ko`tardilar (XV-asr). Lekin Ulu-bek qora guruhlar tomonidan vahshiylarcha o`ldirildi, observatoriya hamda kutubxonalar vayron qilindi, ilm ahllari tarqatib yuborildi. Ulubekning ilmiy g‘oyalari boshqa mamlakatlar (Mas., Turkiya, Hindiston)da qisman davom ettirildi. Yevropada Uygonish davri ilm-fanga ijobiy ta‘sir ko`rsatdi. Kutubxona (Eng yirik kutubxona mil. av. 1300 yilda Misrning qadimiy poytaxti Fivning yaqinida bunyod etilgan. Tarixchilarning fikriga qaraganda, u fir‘avn Ramses II ga qarashli bo`lgan. Bu kutubxonaning o`ziga xos fazilatlari ko`p. Uning peshtoqida Qalb da‘vati (Qalb darmonxonasi») deb yozib qo`yilgan. Muhtasham eshikda xudo Tot va ma‘buda Seshatnnng tasviri tushirilgan bo`lib, ularni «kitoblar-ning ulug xukmronlarn» deb atalgan. Kutubxonaning ichida yana ikki xudoning — Xu «So`z» hamda Sia ―Bilim‖ xudolarining tasviri bor edi) XII asrning boshlaridan Xorazmiy, Ibn Sino, Al-Kindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari latin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R. Bekon, T. Gobbs, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, R. Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi bilimlarni rivojlantirdilar. Astrologiya o`rnini astronomiya, alkimyo o`rnini Kimyo egalladi. O`rta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar Fanni rivojlantirishda muhim rol o`ynadi. O`rta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda asosan diniy bilimlar o`qitilgan bo`lsa-da, ba‘zan il-or mudarrislar tomonidan dunyoviy Fanlar, chunonchi, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot elementlarid xam ta‘lim berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |