Fan: Jismoniy tarbiya Sinf: 8 – sinf K O N S P E K T R E J A Mavzu: Nazariy: Voleybol to’pining og’irligi, aylana diametri va maydon o’lchamlari Amaliy: Voleybol: To’r ustidan to’pga hujum zarbasini berish. To’rdan qaytgan to’pni pastdan qabul qilish Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o’quvchilarning voleybol to’pining og’irligi, aylana diametri va maydon o’lchamlari to’g’risidagi nazariy hamda voleybol o’yini texnikasi bo’yicha amaliy bilimlarini oshirish; b) tarbiyaviy: o’quvchilarni jismonan va shu bilan birga ma’nan barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarliklariga alohida e’tibor qaratish; d) rivojlantiruvchi: tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuchlilik, egiluvchanlik sifatlarini oshirish Dars turi: yangi bilimlarni o’zlashtirish, tushuntirish, bajarish, mustahkamlash hamda shug’ullanish darsi Dars metodi: amaliy, guruhlarda ishlash usuli Dars jihozi: sekundamer, bayroqcha, xushtak, metr, to’p va darsga doir jihozlar Dars o’tish joyi: Maktab sport zali Dars vaqti: 45 daqiqa Nazariy: Voleybol o'yini 1895-yilda AQSHning Massachusets shtatining Xoliok shahridagi kollejining jismoniy tarbiya o'qituvchisi Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan bo'lib, o'rta va katta yoshdagilarga mo'ljallangan edi. U 197sm balandlikda ilib qo'ygan tennis to'ri ustidan basketbol to'pini oshirib o'ynardi. Bu o'yin hammaga ma'qul keldi. Professor Alfred Xalstedi 1896-yil Skringfild shahrida o'tkazilgan xristian yoshlari uyushmalari konferensiyasida bu o'yinni „Voleybol" deb atadi. Bu inglizcha so'z bo'lib, „Uchuvchi to'p" degan ma'noni bildiradi. Voleybol o'yini O'zbekistonga 1925-1926-yillarda kirib kelgan. 1927-yili I Butun O'zbek spartakiadasi o'tkazildi. Uning dasturiga voleybol o'yini ham kiritilgandi. Shundan keyin O'zbekistonda voleybol o'yini keng rivojlana boshladi. Voleybol maydonchasining uzunligi 18 m ga, eni 9 m ga teng. Voleybol to'pining aylanasi 65-66 sm, og'irligi esa 270-280 gr dir. Har bir komanda 6 kishidan iborat. Voleybol „Umid nihollari", „Barkamol avlod" va „Universiada" o'yinlari dasturiga kiritilgan. Amaliy. To'g'ridan hujumkor zarb. To'rning yuqori qismidagi to'pni bir qo'llab raqib tomonga urishdan iborat hujum, bu hujumkor zarb deyiladi. Bu hujumkor zarb o'rnidan sakrab yoki yugurib kelib bajariladi. Hujumchi bu zarbni bir, ikki va uch qadam bosib kelib bajaradi. To'g'ri hujumkor zarba. Hujumkor zarba yugurib kelish, sakrash va to'pni kuchli va aniq urishdan iboratdir. O'yinchi to'rning tepasida to'pni ko'rishi bilan yugurib kelib, sakragan holda qo'llarni tepaga ko'taradi va to'pga zarba beradi. Uradigan qo'l oldinroq harakatlanadi (ya'ni bilaklar kuchli silkitiladi). Gavda biroz orqaga egiladi, to'pni urayotgan paytda esa, qo'l bilan birga gavda ham oldinga boradi. To'pni kuchli zarba bilan urish uchun bilaklarni erkin (bo'sh) qo'yish lozim, aniq zarba berish uchun esa bilaklar qattiq ushlanadi. Avval hujumkor zarbani turgan joyda, keyin esa biroz harakatlangan holda urishni mashq qilish lozim. Hujumkor zarba berishni o'rganish uchun quyidagi mashq lar bajariladi: Gimnastik skameykadan sakrab o'tish. Skameyka sekin-asta to'rning oldiga yaqinlashtiriladi va vertikal sakrash balandroq amalga oshiriladi (oyoqlar xuddi prujinaga o'xshab harakatlanishi kerak). To'p otishni bir qo'lda yoki ikki qo'lda doimiy mashq qilish. O'yinchi turgan joyda gavdani biroz orqaga egib, qo'llarni to'g'riga- tepaga ko'taradi va silkitma harakat bilan qo'llarni oldinga tashlaydi va zarba beradi (bunda gavda ham oldinga harakatlanadi). Kaftlar bilan to'pni olib, qo'lni biroz pastga tushirish, oldinga egilib, to'pni tepaga otish. To'p qaytib tushayotganda qo'l va tosning tezkor harakati bilan zarba berish lozim. Sakrab turib avval ikkita qo'lda, keyin esa bir qo'lda to'pni urish. Sherigingizning qarama-qarshi tomondan oshirgan to'pini kuchli zarba bilan yakunlashni o'rganish kerak. Hujumkor zarba hujum zonasining har bir joyidan turli balandlikda va turli yo'nalishda amalga oshiriladi. To'pni ikki qo'lda pastdan qabul qilish. Raqiblar tomonidan urilgan to'pni ikki qo'lda pastdan qabul qilgan to'g'riroq va bu o'ng'ayroq ham hisoblanadi. Buning uchun qo'llarni oldinga cho'zib, bilaklarni bir-biriga qo'yish lozim. To'p bilaklarning yuqori qismi bilan qabul qilinadi. To'pni yumshoqroq holatda qabul qilish uchun yelkalarni biroz ko'tarib, ozgina burgan holda tirsaklar yaqinlashtiriladi. Mushtda qabul qilishda to'p kuch bilan boshqa tomonga, maydon tashqarisiga chiqib ketishi mumkin. To'pni kaftlar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu holat to'pni ushlab qolish hisoblanib, o'yin qoidasida man qilinadi. To'r yonida turib to'pni musht bilan qaytarish. O'yin chog'ida to'p to'rga yaqin- lashganda pastlaydi. Bunda sakrab musht bilan qaytarish yordam beradi. Bunday paytda yaxshisi to'rga yonlamasiga yoki orqa o’girib turgan ma'qul. Bu o'rinda to'pni to'r ustida qarshi olish uchun yetarli darajada sakrash muhimdir E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |