KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA
BOSHKARISH
FAN: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA
BOSHQARISHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Tugrukxona kompleksida bolalarga tibbiy yordamni tashkil
etish.
Bolalar kasalxona ishini tashkil etish
.
Respublikamizda xozirgi kunda 6 millionga yakin oila
mavjud bo'lib, har yili o'rtacha 250 minta yangi oila
tashkil topmoqda.
Statistik ma'lumolarga ko'ra, tugish yoshida bo'lgan
ayollarning deyarli 65-70% tida, homilador ayollarning
75-80% tida turli xil ekstragenital kasalliklar mavjud
bo'lib, bu kasalliklar xomiladorlik va tug'ruq jarayonini
asoratli o'tishiga va bu o'z navbatida tugilayotgan
go'daklar turli kasalliklar bilan dunyoga kelishga,
ayollarning tug'ruq asoratlari oqibatida nogironligiga olib
kelmoqda.
Ayollar reproduktiv faoliyatning o'zoq davom etishi, oilalar
sanitariya madaniyatini ko'ngildagidek emasligi, qizlarning erta
turmushga chiqishi va ketma-ket farzand ko'rish, yoshlikdan
salomatligi zaif bo'lgan qizlar sonining hali ham
kamaymayotganligi, yuqoridagi noxush holatlarni davom etishiga
asos bo'lmoqda. Bundan tashqari, mamlakatning ijtimoiy
taraqqiyoti, turmush madaniyati, sanitariya-epidemiologik holati,
davolash-profilaktika, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi
tadbirlarning samaradorligi, onalar va bolalar, ayniqsa bir
yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi kattaliklari bilan belgilanadi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida davolash-
profilaktika yordami bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan
farqlanadi.
Birinchi bosqich – ayollarga xomiladorlikgacha bo'lgan
davrda tibbiy yordam ko'rsatish, ularni onalikka
tayyorlash. Bunda yoshlarni jinsiy masalalar bo'yicha
tarbiyalash, yosh oilalarni nikox gigiyenasi va abortlar
profilaktikasi bo'yicha tibbiy bilimlarni oshirishda ayollar
konsultatsiyasi, oila va nikoh konsultatsiyasining roli
katta.
Ikkinchi bosqich - ya'ni xomilani antenatal davrdagi
sog'lig'ini muxofaza kilishda esa ayollar konsultatsiyasi,
akusherlik statsionarlarining, bemor xomiladorlar uchun
tashkil etilgan ixtisoslashgan terapiya bo'limlari,
sanatoriyalarning faoliyati muhim o'rinni egallaydi.
Uchinchi bosqich - homilaning tug'ruq davridagi
muhofazasi, bu davrda tug'ruqni oqilona qabul qilish,
asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu davrda maxsus tibbiy
yordam, tug'ruqxona komplekslari hamda keng tarmoqli
shifoxonalar tomonidan ko'rsatiladi.
To'rtinchi bosqich – chaqaloqlar salomatligini saqlash:
chaqaloqni to'g'ri parvarishlash, ko'krak suti bilan boqish,
fiziologik jixatdan rivojlanishi ustidan nazorat o'rnatish,
chaqaloqlarga tug'rukxona komplekslarida, bolalar
shifoxonalarida davolash-profilaktika yordamini
ko'rsatish
Beshinchi bosqich - maktabgacha bo'lgan davrda bolalar
salomatligini saqlash. Bu davrda tibbiyot muassasalarining asosiy
vazifalaridan biri – bolalarning to'g'ri tarbiyalanishi, ovqatlanishi,
jismoniy rivojlanishi, immunobiologik holati ustidan nazorat
o'rnatish.
Oltinchi bosqich – maktab yoshidagi bolalarning to'g'ri
tarbiyalanishi, ovqatlanishi jismoniy rivojlanishi ustidan nazorat
o'rnatib, o'sib kelayotgan bola organizmining funksional holatiga
baho berib boriladi, ma'lum o'zgarishlar aniqlanganda ularni
tuzatish bo'yicha tegishli tavsiyalar beriladi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlarni bosqichma-bosqichma-bosqich uzviy tarzda olib
borish mamlakatimizda onalaik va bolalikni muhofazalashning bir butun
tizimini tashkil etadi.
Onalik va bolalaikni muhofaza qilish ikki muxim bo'limdan: akusher-ginekologik
va bolalarga davolash-profilaktika yordamini tashkil etishdan iborat.
O'zbekistonda akusherlik-ginekologik yordamini tashkil etishni
takomillashtirish, dispanser kuzatishning ilmiy asoslangan shakl va usullarini
xamda tug'ruqni qabul qilishni, yangi texnologiyalarini joriy qilish, antenatal
davrdagi yordamni sifatini oshirish va oilada sog'lom turmush tarzi
ko'nikmalarini xosil qilish maqsadida «Homilani antenatal davrda
muhofazalash, ayollar konsultatsiyasi ishini tashkil qilish to'g'risida» 2001 yoil
19-martda Sog'liqni Saqlash vazirligining 100-sonli buyrug'i chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |