Germaniyaning xalqaro ahvoli. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning buyuk davlatlari qo'lida qo'g'irchoqqa aylantirib qo'ydi. Bu davrda Shvetsiya, Fransiya va Turkiya Germaniyaga dushmanlik kayfiyati bilan qarovchi davlatlar edi. Fransiya oxir-oqibatda Strasburg va Reyn daryosining chap qirg'oq yerlariga ega bo'lib oldi. Germaniyaknyazliklari 1683- yilda Turkiya bosqinigaqarshi kurashish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar va milliy ozodlik qo'shinini tuzdilar. Shu yili Vena ostonalarida turklarning qo'shini tor-mor keltirildi. Germaniyaning bu g'alabasi Markaziy Yevropani turklar bosqinidan saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |