Manjurlar hukmronligi. XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida Xitoy uchun o 'ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo 'ldi. Bu imperiyaga chegaradosh hududlarda tashkil etilgan Manjuriya davlati edi.
Manjuriya hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy qismi. Hozir bu hudud Dunbey (Shimoli-Sharq) deb ataladi. Bu davlat hukmdori Abaxay davrida (1626 -1643) Xitoy hududlarini bosib olishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Kuchsizlanib, holdan toygan Min sulolasi manjurlarga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Manjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636- yilda Abaxay o 'zini imperator deb e'lon qildi. O'z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |