Yevropa davlatlarining urushga munosabatlari. Mustaqillik urushi davrida AQSH chet el davlatlari madadiga ham tayandi. 1776- yilda Benjamin Franklin Fransiyaga elchi sifatida jo'natildi. Fransiyaning asosiy maqsadi, o'zining azaliy va xavfli dushmani - Buyuk Britaniyani zaiflashtirish edi. Shu tufayli Fransiya vaqtni boy bermay AQSHga yordam ko'rsata boshladi. Hatto bu ikki davlat o'rtasida «Do'stlik va Tijorat Bitimi», keyinroq esa «Ittifoq Shartnomasi» ham imzolandi. Buyuk Britaniyaning zaiflashuvidan Ispaniya va Rossiya ham manfaatdor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |