Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foyda = Tovar narxi – ATS, Olinadigan foydaning umumiy qiymati = (Narx – ATS) * Q,
Bu yerda Q – mahsulot miqdori.
Agar narx darajasi R2dan past bo‘lsa (18-rasm), firma yopilishi lozim, chunki R1 narx darajasi doimiy xarajatlarni ham, o‘zgaruvchan xarajatlarni ham qoplamaydi. Firma ko‘rgan zarari uning yopilish holatidagi zararidan ko‘proqdir.
2-rasm. Firmaning xarajatlari va foyda o‘rtasidagi nisbat.
Narx darajasi R2ga teng bo‘lgan holda firmaning faqat minimal miqdordagi o‘rta o‘zgaruvchan xarajatlari qoplanadi, doimiy xarajatlar o‘rni esa to‘ldirilmaydi. Demak, firmaning faoliyatidan ko‘rgan zarari yopilish holatidagi zararga tengdir. R2 – R4 oralig‘idagi narx darajasida firma zarar ko‘radi, ammo u ishlagani ma’qul, chunki u holda o‘zgaruvchan xarajatlar hamda doimiy xarajatlarning bir qismi ham qoplanadi. Bu holatda firma ko‘rgan zarari uning yopilish holatidagi zarardan ko‘ra kamroqdir.
R4 narxi minimal miqdordagi o‘rta umumiy xarajatlarni qoplaydi (ham o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajatlarni), ya’ni firma normal foyda oladi. Agar narx darajasi R4 dan yuqoriroq bo‘lsa, firma qisqa muddatli davrda iqtisodiy foyda ko‘radi.
Agar ichki xarajatlar buxgalterlik foydasidan oshiq bo‘lsa, tadbirkor ishlab chiqarishni to‘xtatib, o‘ziga tegishli resurslarni boshqa muqobil yo‘nalishda ishlatgani ma’qul.
Foydani maksimallashtirish maqsadida firma o‘z sarf- xarajatlarini pasaytirishga harakat qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning bir qator yo‘llari bor: texnik- texnologik omillar – yangi texnikani yoki texnologiyani joriy qilish; ijtimoiy-iqtisodiy – mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilarning malakasini oshirish, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy qilish, ish vaqtining yo‘qotishlarini qisqartirish; tashkiliy – ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqalar.
Foydaning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari mavjud. Foyda massasi absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgandek, umumiy pul tushumidan xarajatlar ayirilishi orqali aniqlanadi. Foydaning nisbiy ko‘rsatkichlari – foyda normasi va rentabellik. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki varianti mavjud.
Birinchi variantda foydaning korxona xarajatlariga nisbati olinadi: 1. π’ = (π / TC) * 100%
bu yerda: π’ – foyda normasi; π – foyda massasi; TC – ishlab chiqarish xarajatlari;
Ikkinchi variantda foydaning avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbati olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |