Fan haqida ma’lumot



Download 15,49 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,49 Kb.
#207887
Bog'liq
Fan haqida malumot


Fan haqida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi uchun jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallash, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashni ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so‘nggi yillarda ishga tushirilgan yangi zamonaviy quvvatlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivoji, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, respublikamizda yaratilgan nihoyatda qulay investitsiya muhiti asosiy rivojlanish omillar ekanligini ko‘rish mumkin.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o‘zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg‘ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy indikatorlarni prognozlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Ekonometrika asoslari” fani muhim ahamiyat kasb etadi.

“Ekonometrika asoslari” fani ekonometrik modellashtirish, ekonometrik modellar, korrelyatsion-regression tahlil, ko‘p omilli ekonometrik model, ekonometrik modellarni baholash, tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarni, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashni hamda vaqtli qatorlar nazariyasini o‘rganadi.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o‘rgatishdan, o‘rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va ekonometrik usullarni qo‘llashni, iqtisodiy dinamikani o‘rganishda turli xil funksiyalar, ekonometrik modellarni kompyuter dasturlari yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fanning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:talabalarda turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qaror qabul qilish jarayonlarini amalga oshirishda, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda va ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolarni yechishda ekonometrik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni o‘rgatishdan iborat.



“Ekonometrika asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba:

  • ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlash usullari, mikro- va makroiqtisodiy jarayonlar tahlilida qo‘llaniladigan ekonometrik usullar va modellar, ekonometrik modellashtirish tamoyillari, ekonometrik modellar tuzishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • iqtisodiy tizimlarning faoliyat ko‘rsatish samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillarni, raqobat va tavakkalchilik sharoitida optimal boshqaruv qaror qabul qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • murakkab iqtisodiy tizimning statistik ma’lumotlari asosida ular holatini tahlil qilish va xulosalar chiqarish, zamonaviy prognozlash usullarini bilishlari va amalda qo‘llashlari bo‘yicha hamda xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

“Ekonometrika asoslari” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni rivojlantirishda zamin bo‘lib xizat qiladi.
Download 15,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish