Guk qonuni — qattiq jismning elastik deformatsiyasi bilan shu jismga qoʻyilgan mexanik kuchlanish orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydigan qonun. Robert Guk kashf qilgan (1660). Kuchlanish taʼsirida jism choʻzilishi yoki siqilishi mumkin. Masalan, uzunligi va koʻndalang kesim yuzasi S boʻlgan sterjen boʻylama Gʻ kuch bilan choʻzilsa, uning uzayishi Al=Fl/ES boʻladi, bunda: D — mutlaq (absolyut) choʻzilish (qisqarish), Ye — elastiklik moduli (Yung moduli). Nisbiy choʻzilish uchun o"=£e, bunda o — normal kuchlanish, ye — nisbiy choʻzilish. Siljish uchun x=Su, bunda: u — siljish burchagi, x — urinma kuchlanish, G — siljishdagi elastiklik moduli, koʻpchilik materiallar uchun G=0,4E. Masalan, poʻlat uchun £=2–106 kg-k/sm2, choʻyan yoki mis uchun £’=1–106 kg-k/sm2 va h.k. Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari m1 va m2 boʻlgan va bir-biridan r masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: F=Gm1m2/r²; bunda: G — gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim). Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari m1 va m2 boʻlgan va bir-biridan r masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: F=Gm1m2/r²; bunda: G — gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim).
Do'stlaringiz bilan baham: |