Korrupsiyani Jamiyatga ta’siri. - Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson hukuklari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli sohadagi yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarni har qancha e’tirof etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‘zi bo‘lmayotganligi va buning zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi hech birimizga sir emas. Bugungi kunda qaysi bir sohaga e’tibor qaratmaylik, ularning har birida yuqori samaradorlikka erishayotganligimiz, bu bunyodkor xalqimizning o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatidan dalolat beradi. Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini suviste’mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari achinarli holdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fukarolarning xukuk va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi” deb ta’kidlaydi. Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shartsharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni echishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. SHuning uchun ushbu muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |