Фан буйича билим,куникма ва малакага куйиладиган талаблар


-rasm. 14.3. Gidravlik zarba hodisasi



Download 465,58 Kb.
bet5/9
Sana16.12.2022
Hajmi465,58 Kb.
#888991
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-MA\'RUZA

14.7-rasm.
14.3. Gidravlik zarba hodisasi.
Quvurlarda gidravlik zarba hodisasi deformatsiyalanuvchi quvurlardagi kam siqiluvchi suyuqlikning tezligi yoki bosimi keskin o’zgarganida hosil bo’ladigan tebranma harakatdan iboratdir. Bu hodisa tez sodir bo’lib, bosimning keskin ortishi va kamayishi bilan xarakterlanadi. Bosimning bunday o’zgarishi suyuqlikning va quvur devorlarining deformatsiyalanishi bilan bog’liqdir.
Gidravlik zarba ko’p hollarda jo’mrak yoki oqimni boshqaruvchi biror boshqa qurilmaning tez ochilishi yoki yopilishi natijasida sodir bo’ladi. Unga boshqa hodisalar ham sabab bo’lishi mumkin. Quvurlardagi gidravlik zarbani birinchi marta prof. N.E. Jukovskiy nazariy asoslagan va tajribada tekshirib ko’rgan.
Suyuqlik 0 tezlik bilan va p0 bosim bilan harakat qilayotgan quvurning oxiridagi kran «J» bir onda yopilsin deylik. (14.7-rasm, a). U holda kranga (yopilgandan so’ng) birinchi yetib kelgan suyuqlik zarrachalarining tezligi sunib, ularning kinetik energiyalari quvurning devorlarini va suyuqlikning deformatsiyalash ishiga aylanadi. Bu yerda gidravlikaning avval ko’rilgan bo’limlarida kabi suyuqlik siqilmaydi deb hisoblamay, uning siqilishi oz miqdorda bo’lsa ham hisobga olishga to’g’ri keladi, chunki shu siqilish katta va chekli miqdordagi zarba bosimi ∆p3 ni vujudga keltiradi.
Shunday qilib, jo’mrak oldida hosil bo’lgan ∆p3 qo’shimcha bosimga mos ravishda quvur devorlari cho’zilib, suyuqlik siqiladi. Jo’mrak oldida to’xtatilgan suyuqlik zarrachalariga qo’shni bo’lgan zarrachilar ham yetib keladi va ularning ham tezliklari so’nadi. Natijada bosim oshish chegarasi (a–a kesim) jo’mrakdan ta’minlovchi idish tomonga, zarba to’lqinining tezligi deb ataluvchi a tezlik bilan siljib boradi.
Bosim ∆p3 sohaning o’zi esa zarba to’lqini deb ataladi. Bu to’lqin idishga yetib borganda esa, suyuqlik butun quvur bo’yicha to’xtagan va siqilgan bo’lib, quvur devorlari esa butunlay cho’zilgan bo’ladi. Bosimning zarbali ortishi ∆p3 esa quvur bo’yicha butunlay tarqalgan bo’ladi (14.7–rasm, b). Lekin, quvurdagi suyuqlik teng vaznli holatda bo’lmaydi. Bosimlar farqi ∆r3 ta’sirida suyuqlik quvurdan idishga oqa boshlaydi. Bu oqim idishning bevosita oldida turgan zarrachalardan boshlanib uning chegarasi (a–a kesim, teskari yo’nalishda) kran tomonga a tezlik bilan harakat qiladi va ketida tiklangan p0 bosimi v0 tezlikka ega suyuqlik oqimini qoldiradi (14.7- rasm, v). Suyuqlik va quvur devorlari elastik deb qaralib, p0 bosimi tiklanishi bilan o’z holiga qaytadi.
Deformatsiya ishi qayta kinetik energiyaga aylanib, suyuqlik yana avvalgi v0 tezligiga ega bo’ladi va teskari yo’nalishda oqa boshlaydi. Suyuqlik ustuni ana shu tezlik bilan oqishda davom etib, jo’mrakdan uzilishga intiladi (14.7- rasm, g). Natijada krandan idishga tezlik bilan harakat kiluvchi manfiy zarba to’lqini vujuga keladi va u bosimni ∆p3 ga kamaytirib, quvur devorini toraytirib, suyuqlikni kengaytiradi (14.7–rasm, d). Suyuqlikning kinetik energiyasi yana deformatsiya ishiga aylanadi, lekin bu ish endi manfiy bo’ladi. Bu harakat davom eta borib, manfiy zarba to’lqini ham idishgacha yetib keladi. (14.7- rasm, e) Musbat zarba to’lqinidagi kabi bu holat ham teng vaznli bo’lmaydi va natijada quvurda yana bosim tiklana boshlaydi, suyuqlik esa v0 tezlikka erishadi (14.7- rasm, j). Idishdan qaytgan zarba to’lqini jo’mrakka yetib borishi bilan jo’mrak yopilgandagiga o’xshash hodisa yana vujudga keladi. SHundan so’ng butun tsikl takrorlanadi.
N.E. Jukovskiy tajribalarida bunday tsiklning 12 marta takrorlanishi qayd qilingan, lekin har bir navbatdagi tsiklda, ishqalanish kuchi va energiyaning idishdagi suyuqlikka o’tishi natijasida ∆p3 kamayib borgan. Gidravlik zarbaning vaqt davomida o’tishi 14.8-rasmda diagramma ko’rinishida tasvirlangan (14.8–rasmdagi, a) diagrammada jo’mrak bir onda yopilgan deb qarab, jo’mrakning oldidagi k nuqtadagi bosimning nazariyadagi o’zgarishi ∆p3 tutash chiziq bilan tasvirlangan. Quvurning o’rtasidagi v nuqtaga zarba bosimi a vaqtga kechikib keladi va to’lqinning bu nuqtadan idishga borib qaytib kelgunicha, ya’ni vaqt saqlanib turadi. So’ng v nuqtada bosim p0 ga tiklanadi (ya’ni –∆p3=0) va shu holda teskari to’lqin yetib kelguncha, vaqt saqlanadi (14.8–rasm, b).
9.8–rasmda bosimning haqiqiy o’zgarishi ham tasvirlangan bo’lib, u punktir chiziq bilan ifodalangan. Bundan ko’rinadiki, haqiqiy bosim grafigi tik o’zgargani bilan, bu o’zgarish keskin emas. Bundan tashqari, tebranish so’nib boradi, ya’ni uning amplitudasi energiyaning sarf bo’lishi hisobiga kamayib boradi.


Download 465,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish