Hosil qiluvchi to’qima
|
Asosiy to’qima
|
O’tkazuvchi to’qima
|
Yechim
|
Yechim
|
Yechim
|
1.
|
|
|
2.
|
|
|
3.
|
|
|
4.
|
|
|
5.
|
|
|
6.
|
|
|
III. Yangi mavzu bayoni: 20 minut
9-§. ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI
Ildizlar shakli va o‘lchami jihatidan bir-biridan keskin
farq qiladi. O‘simliklarning turiga, tuproq-iqlim sharoitiga
qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo‘g‘on, yassi yoki
yumaloq va boshqa shakllarda bo‘ladi.
Ayrim daraxtlarning ildizi 50–60 m gacha yetishi
mumkin. Masalan, yong‘oqning yon ildizlari atrofga 20–30 m
gacha tarqaladi. Qumda o‘sadigan juzg‘unning ildizlari juda
uzun va ingichka bo‘lib, asosan yon tomonga qarab o‘sadi.
Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon o‘sib, 30 m gacha chu-
qur kirib boradi.
Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlar-
ga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi.
Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar
hosil qiladi.
Bir tup o‘simlikdagi asosiy, yon va
qo‘shimcha
ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining
o‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga,
ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga
bog‘liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko‘ra: o‘q ildiz va popuk ildizga bo‘linadi
Murtakdagi boshlang‘ich ildiz ri-
vojlanishi jarayonida o‘sishda davom etsa, undan o‘q ildiz
tizimi hosil bo‘ladi. Bunday moslashish ko‘pchilik ikki
urug‘pallali o‘simliklarga xos.
O‘q ildiz tizimi uzun va yo‘g‘onroq bo‘lib, undan yon
ildizlar o‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug‘pallali o‘sim-
liklarga xos bo‘lib, uni do‘lana, na’matak, saksovul va madaniy
o‘simliklar (olma, o‘rik, nok, qovun, tarvuz, g‘o‘za, no‘xat,
loviya, mosh va terak kabilar) misolida ko‘rish mumkin.
Endi ikki urug‘pallali o‘simliklarga mansub g‘o‘zaning
ildiz tizimi bilan tanishamiz. Chigitning murtakdagi ildizcha-
sidan dastlab asosiy ildiz o‘sib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay,
undan ko‘plab yon ildizlar o‘sib chiqa boshlaydi. O‘z navba-
tida, yon ildizlardan yanada maydaroq yon ildizchalar rivoj-
lanadi. Natijada asosiy va yon ildizlar o‘sib va ko‘payib ildiz
tizimini hosil qiladi. Ildizlar orasida uning yo‘g‘on va uzun,
yerga tik kirib boradigan qismi ajralib turadi.
Ildizlarning shakl o‘zgarishlari (metamorfozi). Ildizlar
bajaradigan vazifalariga qarab turlicha shakllarda bo‘ladi.
Bunday ildizlar shakli o‘zgargan, ya’ni metamorfozlashgan
ildizlar deyiladi. Bularga qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp,
sholg‘om va boshqalar misol bo‘ladi. Bu ildizlar ovqatga ishlatilganligi uchun ular ildizmevalar deyiladi. Agar murtakdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda
davom etmasa, u holda boshlang‘ich poyada qo‘ shimcha ildizlar hosil
bo‘ladi. Bu popuk ildiz tizimini hosil qiluvchi bir urug‘pallali o‘simliklarga xos.
Popuk ildiz tizimi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir to‘da
mayda ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yax-
shi rivojlanmaydi. Bunday ildizlar asosan bir urug‘pallali
o‘simliklarda uchraydi.
Bir urug‘pallalilardan bug‘doyning ildiz tizimi tuzilishini
ko‘rib chiqamiz. Bug‘doyning murtak-
dagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz
rivojlanadi va oradan ko‘p o‘tmay u
nobud bo‘ladi. Shundan keyin murtak-
dagi poyacha asosidan bir to‘da mayda,
bir-biriga o‘xshash qo‘shimcha ildiz-
lar o‘sib chiqadi. Poyaning yerga yaqin qismidan yoki
yerga tegib turgan joyidan o‘sib chiqadigan ildizlar qo‘shimcha ildiz tizimini hosil qiladi. Bunga makkajo‘xori, qo‘shimcha ildizlari.
kartoshka, ajriq, qulupnay kabi o‘simliklarning ildizlari misolbo‘ladi.
Demak, ildizlar tuzilishiga ko‘ra, asosiy, yon va qo‘shimcha
ildizlarga bo‘linadi. Shuningdek, o‘q va popuk ildiz tizimlari
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |