5. Darsga yakun yasash va baholash –O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ularning o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa: 301-302-misollar.
Fan: algebra
Sinf : 7G,J Sinf : 7E
Sana: 16.01.2020 yil Sana: 17.01.2020 yil
Mavzu: Birhad va ko’phadni birhadga bo’lishda darajaning xossalari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga misollar yechish orqali birhadni va ko’phadni birhadga bo’lish ko’nikmasini hosil qilish. Olgan bilimlarini amalda muataqil qo’llay olishlariga o’rgatish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan habardor bo’lish kompetensiya elementlarini shakllantirish.
b) O’quvchilar qalbi va ongiga shukronalik ruhini singdirish. O’quvchilarda milliy umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish.
c) Ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. O’quvchilarni o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiya elementlarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |