Rrivojlantiruvchi: o’quvchilarda bahslashish, musobaqalashish , fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’g’zaki va yozma nutqiy savodxonlik darajasini rivojlantirish; ularda o`z mustaqil fikrini bayon etish va himoya qila bilishni o`rgatish .
Dars uslubi: suhbat, munozara-debat, amaliy, guruhlarda ishlash.
Dars usuli: Aqliy hujum, klaster, ”Kim ko’p ma’lumot aytadi?”, Aktyorlik mahorati, “Charxpalak” o`yini, munozara-debat, savol-javob.
Darsning turi: yangi bilim ko’nikmalarni shakllantirish.
Dars jihozi :1. 9-sinf adabiyot darsligi. Komyuter va tarqatmalar. Turli suratlar. Mavzu bo`yicha slaydlar. Rangli qog`ozlar. Stikerlar.
Darsning shiori :
Bir onning bahosin o’lchamoq uchun
Oltindan tarozu olmosdan tosh oz.
Darsning borishi :
Darsning blok chizmasi :
T/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O’quvchilarni faollashtiruvchi savollar
|
10 daqiqa
|
3
|
O’quvchilarning fikrlarini umumlashtirish
|
10 daqiqa
|
4
|
Didaktik o’yinlar (mustahkamlash)
|
15 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni rag’batlantirish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
1.Davomat;
2. Sinfda psixologik iqlim yaratish;
3. Dunyo va yurtimiz haqida yangiliklar;
4. Uyga vazifani so`rash.
Sinf o`quvchilari 2 guruhga bo`linadi. 1-guruh “Farhod”, 2-guruh “Xusrav”.
3- guruh Shirin Doskada bittta katta sandiqcha qo`yiladi (1-ilova). Har bir javob uchun guruh “5”,,4'' ,,3'' shaklidagi baholar bilan baholanib boriladi. Olingan ballar guruhlarga beriladi. Dars so`nggida qaysi guruhning qaysi biri yuqori bal to'plagani hisoblanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash ( “Charxpalak” metodi orqali).
Charxpalakning charxi doskaga yopishtiriladi. Charxlari esa guruhlarga beriladi. Har bir charxda A.Navoiy asarlari yozilgan. O`quvchilar asarlarni yozilgan yillariga ko`ra ketma – ketlikda joylashtirishlari kerak
“Devoni Foniy”;
“Mahbub ul-qulub”(...);
“Mufradot”(...);
“Hiloliya” (...);
“Hazoyin ul -maoniy”(...);
“Xamsa”( ...).
III.Yangi mavzu bayoni . “Farhod”ismini ikki yo`l bilan kitobat san`ati orqali berilgan.”Himmat”dan “h””iqbol”dan “alif”,”o”dard so`zidan “d”harflarini jamlab,donolar chaqaloqqa “Farhod”deb nom qo`yishgan.Farhod ma`naviy-jismoniy fazilatlarga boy bo`ladi.Bilmoq kerakki, asardagi Farhod va Shirin shunchaki bir-biriga ko`ngil qo`ygan yigit va qiz timsollari emas. Dostonda Farhod – poklanish matlabi ila intilayotgan solih ruhning timsoli. Uning tasavvuf yo`li –tariqat orqali haqiqiy mahbub –o`z yaratuvchisi tomon intilishi ,bu yo`ldagi mashaqqatlari ramziy va majoziy shaklda tasvirlangan. Bosh qahramonning yurti bo`lmish Chin mamlakati ham ramziy bir makon. Insonning iymoniga bolta uradigan gina – kudurat,nafrat tuyg`ulari jaholatga ,o`zlikni yo`qotishga sabab bo`ladigan havaslar dostonda Xusrav deb atalgan Shayton,nafs hukmronligining lashkarlari bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |