Fan -sinf Geografiya O’qituvchi: Sh. Ibragimova Dars mavzusi.dars Joy balandligi



Download 24,55 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi24,55 Kb.
#684364
1   2
Bog'liq
7-mavzu Ibragimova

Mashg’ulotni borishi.
Atama va tushunchalar:
Shovun
Nisbiy balandlik
Nivelir
Mutlaq balandlik
Botiq
Tepalik
Tashkiliy qism.
Dars avvalida salomlashib,o’quvchilar davomati aniqlanadi. O’quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof muhitdagi tabiiy o’zgarishlarga sharh beradilar. O’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.
Guruhlash. O’quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo’linadi: “Nivelir”, “relyef”, “Gorizontal” guruhlari.

  1. Amaliy uslub; Uch guruhdan bittadan o’quvchi chiqib olmani yeb bo’lish va yadroga o’xshatish uchun urugini ko’rsatish.

  2. “Aqliy hujum”

Muammoli savol beriladi.
Fikr va g’oyalar bildiriladi va jamlab olinadi.
Aniq va to’g’ri javoblar tanlab olinadi.
Yangi mavzu bayoni
Yer yuzasi kamdan kam joyda tep-tekis bo‘ladi. Tekisliklarda ham uncha katta bo‘lmagan baland-pastliklar uchrab turadi. Yer yuzida baland tog‘lar, baland-past qirlar, keng tekisliklar mavjud. Yer yuzidagi mana shunday notekisliklar relyef deb ataladi. Yana shuni ham bilishimiz kerakki, dengiz va okeanlar tagi notekis - u yerlarda chuqur botiqlar, keng tekisliklar, hatto tog‘lar bor. Yer yuzasidagi notekisliklar(relyef)ni qog‘ozda, ya’ni plan va xaritalarda tasvirlash uchun, avvalo, har bir joyning mutlaq va nisbiy balandligini o‘lchash zarur bo‘ladi. Suv yuzasi to‘lqin bo‘lmagan vaqtda tekis turadi. Shuning uchun Yer yuzasidagi mutlaq balandliklar dengiz yuzasidagi suv (sathi)dan hisoblanadi. Odatda dengiz sathi balandligi 0 deb belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahrining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 400 m. O‘zbekistondagi eng baland tog‘ - Hazrati Sulton tog‘ining balandligi 4643 m. Lekin har bir joyning bir-biridan balandligi turlicha. Shuning uchun balandliklarni m utlaq va nisbiy balandliklar deb, ikki xil balandliklarga ajratiladi. Nisbiy balandlik. Quruqlikdagi joylarning bir-biriga nisbatan tik balandligi nisbiy balandlik deb ataladi. Yer yuzasidagi balandliklar nivelir asbobi bilan o‘lchanadi
Lekin hozirgi vaqtda Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida Yer yuzasidagi har bir joyning aniq balandligini o‘lchash mumkin. Har bir joydagi uncha baland bo‘lmagan tepalik balandligini (qo‘lbola) nivelir bilan o‘lchash mumkin. Buning uchun uzunligi 1 metr bo‘lgan to‘g‘ri tayoq olinadi. Uning uchiga uzunligi 20 cm bo‘lgan taxtacha qoqiladi . Nivelirning tik turganini bilish uchun unga shovun osib qo‘yiladi. Buning uchun taxtachaning o‘rtasiga kichik mix qoqib, shovun ipi unga bog‘lanadi. Tepalikning balandligini aniqlash uchun tepalik etagiga nivelirni shovun yordamida tik qilib o‘rnatiladi. Nivelir qilayotgan o‘quvchi nivelir taxtachasi b o ‘y l a b tepalikka qaraydi. Nivelir taxtachasi tepalikning qayeriga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi o‘quvchi tepalikning o‘sha nuqtasiga qoziq qoqadi. Shundan keyin nivelir qoziq yoniga ko‘chiriladi va keyingi qoziq qoqiladigan nuqta aniqlanadi. Shu tartibda tepalikning eng baland nuqtasigacha o‘lchab chiqiladi. Nivelir necha marta ko‘chirilgan bo‘lsa, shu asosida tepalikning balandligi aniqlanadi. M utlaq balandlik. Yer yuzidagi har bir joyning dengiz sathidan balandligi mutlaq balandlik deyiladi (18-rasmga qarang). Lekin dengiz va okeanlardagi suv yuzasining Yer markaziga nisbatan balandligi bir xil emas. Shuning uchun biror dengiz yoki okean suvi yuzasi asos qilib olinadi. Bizning mamla- katimizda Boltiq dengizidagi orolda joylashgan K ronshtadt shahrida o ‘rn atilg an belgi («futshtok») «0» balandlik deb qabul qilingan. M amlakatimizdagi hamma joyning mutlaq balandligi shu belgidan hisoblanadi. Agar 20-rasm. Qo‘lbola quruqlikda dengiz sathidan ham past
bo‘lsa, ular balandligi raqami oldiga manfiy (-) belgi qo‘yiladi. Masalan, Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘ining dengiz sathidan balandligi -12 m. Joy planlarida tabiatdagi mahalliy predmetlardan tashqari Yer yuzasining notekisliklari (relyef) ham tasvirlanadi. Relyef joy planlarida va xaritalarda gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi. Xaritalarda, ayniqsa, joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi (21-rasm). Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi. Bergshtrixga qarab chuqur va tepalar, qiyaliklar ajratib olinadi. Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi.
Mustahkamlash
Guruhlargaslayd asosida tezkor savollar beriladi
Darsga yakun yasash uchun guruh ballari e’lon qilinadi.
Uyga vazifa beriladi.
Tayanch so’zlar va savollarga javob yozish, mavzuni o’qish.
Download 24,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish