Qadimgi Italiya hududi;
Apenin yarimorolining tabiiy shart-sharoiti;
Qadimgi Italiya aholisi.
Siz bilasiz:
Rim imperiyasi qadimgi dunyo tarixining eng qudratli davlati;
Qadimgi Yunonlarning O’rtayer dengizi hududlaridagi yangi yerlarni egallashlari
KONSPEKT(Matn)
Insoniyat tomonidan asos solingan Qadimgi Dunyo tarixidagi eng qudratli davlatlardan biri bu Rim imperiyasi hisoblanadi.
Mazkur imperiyaning markazi bugungi kundagi Italiya davlati o’rnida joylashgan, shuning uchun ham biz Rim imperiyasi tarixini o’rganish uchun avvalo Qadimgi Italiya hududi va aholisini o’rganishimiz lozim.
Italiya hududi bu Appenin yarimorolida va unga tutash hududlarni o’z ichiga olgan bo’lib, uning uch tomoni O’rtayer dengizi bilan tutashgan. Yarimorolning faqatgina shimoliy qismi quruqlik bilan chegaralanadi va bu hududda dunyodagi eng katta tog’ tizmalaridan biri bo’lgan Alp tog’lari joylashgan.
Shuningdek Italiya hududiga janubdan, Afrikadan doimiy Sirokko nomi bilan yuritiluvchi iliq havo qoimining esib turishi ham qulay iqlimni shakilllantirishga xizmat qiladi.
Bu kabi iqlim sharoitida joylashgan Italiya hududi dehqonchilik uchun qulay hisoblanadi.
Apenin yarimorolida bu kabi qulay va unumdor yerlar bilan birga turli tabiiy boyliklar ham mavjud bo’lgan. Bunga asosiy sabab bir necha katta vulqonlarning mavjudligi edi. mazkur omiol tufayli Qadimgi Italiya ahosili turli madanlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishgan edi.
Apenin yarim orolidagi eng mashhur vulqon bu Vezuviy vulqoni bo’lib, u haqida turli afsonalar ham tarqalgan edi.
Italiya hududidan oqib o’tuvchi Tibr daryosi ham mazkur hududni suv bilan taminlovchi eng yirik daryo hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda Italiya-Apenin yarimoroli insonlar yashab hayot kechirishlari uchun qadimdan qulay hudud hisoblangan.
Apenin yarimorolida qadimda turli nomdagi qabilalar yashashgan. Italiya hududida yashagan eng qadimgi qabila bu Liqurlar bo’lib, ulardan keyin esa Italiklar va Illiriyaliklar deb nomlangan qabilalar Apennin yarimorolining Shimoliy-G’arbiy qismida joylashishgan.
Italiyaning eng qadimgi aholisi orasida yana bir nom bilan ataluvchi kishilar borki ular boshqa qabilalardan o'zining yaratuvchanligi va madaniy jihatdan yuksak rivojlanganligi bilan tarixda chuqur iz qoldirishgan bu – Etrusklar edi.
Etrusklar – qadimgi Etruriya o’lkasida yashashgan bo’lib, ular asosan dehqonchilik bilan shug’ullanishgan va mil.avv. I minyillikda o’ziga xos sivilizatsiya ham yaratishgan manbalarda bu xalq tomonidan xatto bir necha davlatlarga asos solinganligi ham takidlanadi.