ping 192.168.3.3 –n 1000. Bu 1000 ta exo-so‘rov jo‘natish demakdir. Natijada quyidagi 5.24-rasmdagi kabi ping jo‘natilish jarayoni boshlanadi.
5.24-rasm
Endi Router 0 ning Gig0/2 interfeysini o‘chiriladi. Natijada marshrutning qayta tiklanishini ko‘rish mumkin.
5.25-rasm
Yuqoridagi 5.25-rasmdan ko‘rinadiki Gig0/2 interfeysi o‘chirilgandan keyin qisqa vaqt ichida marshrut qayta tiklandi va paketlar uzatilishi davom eta boshladi. Faqat bitta paket yo‘qotildi. Demak yuqoridagi tajribalar asosida OSPF protokoli asosida dinamik marshrutizatsiya jarayoni tashkil etilganda tarmoqning rad etishlarga chidamliligi (ya’ni biror rad etish jarayoni yuz berganda ham tarmoqning ishchi qobiliyatini saqlab qolishi xususiyati) yuqori bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |