Fizik xossalari. Monokarbon kislotalarning murakkab efirlari, odatda, suyuq, xushbo'y meva hidiga ega moddalardir. Masalan, izoamil spirti bilan sirka kislotadan hosil bo'lgan murakkab efir sirkaizoamil efiridan nok hidi, moy kislota bilan etil spirtidan hosil bo'lgan moyetil efiridan ananas hidi, chumoli kislota bilan feniletil spirtidan hosil bo'lgan chumolifeniletil efiridan xrizantema hidi, izovalerian izoamil efiridan olma hidi keladi. Yuqori spirt va yuqori kislotalardan tashkil topgan murakkab efirlar qattiq, hidsiz moddalardir. Odatda, ular suvda yomon, spirt va efirda yaxshi eruvchi moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |