Olinishi va ishlatilishi. Ko'p atomli spirtlar tegishli uglevodorodlar galogen
hosilalariga ishqorlarning suvli eritmalarini ta'sir ettirib olinadi:
Sanoatda glitserinni yog'lardan (neft krekingi gazlaridan sintetik usulda) olin adi.
Glitserin va etilenglikolning suvli va spirtli eritmalari quyi haroratlarda muzlamaydigan eritmalar - antifrizlar sifatida ishlatilib, ulardan qish mavsumida avto- va aviamotorlar radiatorlarida suv o'rnida foydalaniladi.
Etilenglikol lavsan sintetik tolasi olishda, glitserin esa sintetik smola va portlovchi moddalar (nitroglitserin) olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |