Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Selluloza (kletchatka) - oq qattiq tolasimon modda, ta'msiz va hidsiz, suvda va organik erituvchilarda erimaydi, mis gidroksidning ammiakdagi eritmasi (Shveytser reaktivi)ning to'q zangori eritmasida eriydi. Doimiy suyuqlanish haroratiga ega emas 350° C ga yaqin haroratgacha qizdirilganda parchalanadi. Selluloza o'simliklarning asosiy tarkibiy qismidir. Eng toza selluloza paxta tolasidir. Tabiatda keng tarqalgan bo'lib, yuqori o'simliklar hujayra devorlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi:
yog'ochda 50% atorifida; paxta tolasida 98% gacha; jut ildizida 75% gacha. Gigroskopik momiq va filtr qog'ozi deyarli toza sellulozadan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |