Yangi mavzuni bayoni:
Alkadiyenlar (diyen uglevodorodlar) - tarkibida ikkita qo'shbog' tutgan to'yinmagan uglevodorodlar.
Poliyenlar (alkatriyen va b.) - tarkibida ikkitadan ortiq qo'shbog' tutgan to'yinmagan uglevodorodlar.
Diyen uglevodorodlar CnH,n_, umumiy formulaga ega bo'lgan gomologik qatorni tashkil qiladi.
Fizik xossalari. Divinil - rangsiz, -5°C da qaynaydigan gaz. Izopren - rangsiz, 34°C da qaynaydigan suyuqlik.
Kimyoviy xossalari. Alkadiyenlar ham alkenlarga o'xshab bromli suvni rangsizlantiradi, galogenvodorodlami biriktiradi. Bu reaksiyalarda ikkala qo'shbog' birdaniga uziladi, birikish esa birinchi va to'rtinchi uglerod atomida sodir bo'ladi, ikkinchi va uchinchi uglerod atomlari orasida esa qo'shbog' hosil bo'ladi:
Shunday qilib, diyen uglevodorodlarda birikish reaksiyasida qo'shbog' siljishi (qo'shbog' migratsiyasi) kuzatiladi.Alkadiyenlar (divinil) polimerlanishidan kauchuksimon polimerlar (divinil kauchugi) hosil bo'ladi:
Tabiiy kauchuk. Kauchuk-geveya kabi tropik o'simliklarning sutsimon shirasi lateksdan olinadigan, yuqori elastiklikka ega bo'lgan material. Lateks - kauchukning suvdagi kolloid eritmasi. Qizdirilganda yoki kislotalar ta'sir ettirilganda lateks koagullashadi, uni suyuqlikdan ajratiladi va quritiladi. Kauchuk uglerod sulfidda, benzin, benzolda eriydi. Kauchukning muhim xususiyati uning elastikligi va suv o'tkazmasligida. Tabiiy kauchuk izopren polimeri hisoblanadi. Kauchuk molekulasi hosil bo'lishida izopren quyidagicha tuzilgan polimer zanjiriga birikadi:
Kauchuk molekulasi chiziqli tuzilishga ega. Tabiiy kauchukdagi metilen guruhlari-CH,-qo'shbog'dan bir tarafda joylashib, sis-holatdagi stereoregular tuzilishdagi molekulalar hosil qiladi. Kauchuk molekulalari kuchli darajada egilgan, buralgan holda bo'ladi, kauchuk cho'zilganda molekulalar to'g'rilanadi va kauchuk namunasi uzunlashadi. Molekulaga ta'sir to'xtatilsa, ichki issiqlik harakati natijasida zvenolar dastlabki buklama holatiga qaytadi, kauchuk o'lchamlari qisqaradi.
Kauchuklar qizdirilganda yumshaydi, yopishqoq bo'lib, sovutilganda esa qattiq, mo'rt bo'lib qoladi. Bu kamchiliklar unga oltingugurt qo'shib qizdirish natijasida bartaraf etiladi.
• Vulkanlash - kauchukni oltingugurt bilan qo'shib qizdirib rezinaga aylantirish jarayoni.
Oltingugurt polimerdagi qo'shbog'larga birikib, kauchuk molekulalarini «tikib qo'yadi». Natijada rezina - to'ldirgichli fazoviy tuzilishga ega polimer hosil bo'ladi. Rezina xom kauchukka nisbatan yanada elastik va harorat, erituvchilar ta'siriga chidamli (benzinda erimaydi). Bu rezinadagi chiziqli makromolekulalar orasida molekulalararo kuchlardan tashqari kimyoviy bog' kuchlari ham mavjudligi bilan izohlanadi. Kauchukni vulkanlashda tarkibida 32 % gacha oltingugurt tutgan mahsulot ebonit deb ataladi. Ebonit - qattiq, izolatorlik xususiyatiga ega modda. Kauchuk xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega, uni avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika sanoatida, tibbiyotda keng qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |