Fan : Kimyo. Sana



Download 1,22 Mb.
bet77/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#432940
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   226
Bog'liq
9-sinf oquv qo\'llanma

Atomlarining tuzilishi. Ishqoriy metallarning tashqi elektron qavatlarida bittadan s-elektron bo'ladi va shuning uchun ular s-elementlar oilasiga kiradi.
Kimyoviy reaksiyalarda ishqoriy metallar o'zlarining valent elektronlarini oson beradi va +1 zaryadli ionga aylanadi. Ishqoriy metallar eng kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi va barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun'iy radioaktiv element, shuning uchun mavjud metallar ichida eng kuchli qaytaruvchi, faol metall seziydir.
Ishqoriy metallardan litiy stimulatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant xususiyatlari ham bor. Musknl to'qimasida 0,023■ 10 4 %, qonda 0,004 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo'lishi kerak. Zahaiii dozasi 92-200 mg ga teng. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 0,67 mg miqdorda bo'ladi.
Natriy muskul to'qimasida 0,26-0,78 %, ilikda 1,0 %, qonda 1970 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 2-15 g bo'lishi kerak. Zahaiii emas. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 100 g miqdorda bo'ladi.
Kaliy muskul to'qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo'lishi kerak. Zahaiii dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 140 g miqdorda bo'ladi.
Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir. Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma'lum va tirik organizm uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq-ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Glauber tuzi Na2S04-10H20 tibbiyotda (surgi vositasi) va kimyo sanoatida ishlatiladi. Chili selitrasi NaN03 qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ko'p miqdorda qo'llanadi. Suvsiz soda Na,C03 va kiistall soda Na1C03-10H10 shisha, sovun, natriy birikmalari olishda, bug' qozonlarida suvni yumshatishda, bo'yoq ishlab chiqarishda, qog'oz fabrikalarida, kir yuvishda, turmushda ishlatiladi. Kaliy o'simliklar oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Kaliy miqdorining kamayishi qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosilining pasayib ketishi, sifatining buzilishiga olib keladi. Kaliy xlorid KC1, kaliy nitrat KN03, kaliy sulfat KvS04, kaliy karbonat (o'simlik kulida mavjud) K,C03 kabi birikmalari o'g'it sifatida ishlatiladi.
Rubidiy stimulator xossasiga ega. Muskul to'qimasida 20-70-10 4 %, ilikda 0,1 -5■ 10 4 %, qonda 2,5 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo'lishi kerak. Zaharliligi kam. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 680 mg miqdorda bo'ladi. Seziy muskul to'qimasida 0,07-1,6-10 4 %, ilikda 1,3-5,2-106 %, qonda 0,0038 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,004-0,03 mg bo'lishi kerak. Zahaiii emas.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish