Fan : Kimyo. Sana


Fizik va kimyoviy xossalari



Download 1,22 Mb.
bet54/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#432940
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   226
Bog'liq
9-sinf oquv qo\'llanma

Fizik va kimyoviy xossalari. Kremniy tashqi ko'rinishidan metallarga o'xshab ketadi. Kristall kremniy kulrang - po'lat rangli, metall yaltiroqligiga ega modda. Suyuqlanish harorati 1420°C, qaynash harorati 2355°C; zichligi 2329 kg/m3; izotop soni 11 (24—>34);Uglerodga qaraganda kremniyda metallmaslik xossalari kuchsizroq namoyon bo'ladi, chunki, uning atom radiusi kattaroq va tashqi elektronlar yadrodan uzoqroqda joylashgan. Kuchli qizdirilganda kremniy havoda yonib ketadi va kremniy (IV)-oksidni hosil qiladi:Si+02=Si02 Qizdirilganda kremniy xlor, brom va oltingugurt bilan ham ta'sirlashadi: Si+2Cl2=SiCl4 Si+2Br,=SiBr4 Si+2S=SiS2 Kremniyning galogenli va oltingugurtli birikmalari gidrolizga uchraydi:SiCl4+2H20= Si02+4HC1 SiS2+2H20= Si02+2H2S Kremniy yuqori haroratda uglerod bilan birikadi va juda qattiq birikma- karborand (kremniy karbid) ni hosil qiladi:Si + C = SiC Karborunddan silliqlash va pardozlash toshlari tayyorlanadi. Qizdirilganda kremniy ko'plab metallar (Mg, Ca, Cr, Mn, Fe va b.) bilan silitsidlar hosil qilib birikadi: Si+2Mg=Mg,Si Metall silitsidlariga kislotalar ta'sirida kremnevodorod SiH4- silan hosil bo'ladi:Mg,Si+4HCl=2MgCl,+SiH4 Silan - rangsiz gaz, kuchli qaytaruvchi, havoda o'z-o'zidan alangalanib ketadi: SiH4+20,=Si0,+2H,0+1427,2 kJ Silandan tashqari yana bir qancha kremnevodorodlar ham mavjud, ularning umumiy formulasi SinH2n+2, bu yerda n<8. Silanlar metan qatori uglevodorodlarga o'xshash bo'lish bilan birgalikda kremniyning uglerodga nisbatan metallmaslik xossasi kuchsizlanishi natijasida, Si-H va Si-Si bog'ining kuchsizlanishi sababli ulardan ko'ra kuchli reaksion qobiliyatga ega. Kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ishqorlaming suyuqlanmasi va eritmalari bilan ta'sirlashadi: Si+2Na0H+H,0=Na,Si03+2H, t Si+20H~+H,0=Si0-32+2H, t Eng muhim birikmalari. Kremniy (IV)-oksid Si02 - qattiq, qiyin suyuq- lanuvchan, atom kristall panjarali, suvda erimaydigan modda. Tabiatda kvars minerali holida uchraydi. Kvarsning tiniq, rangsiz kiistalini tog' xrustali deb ham ataladi. K re men, agat, yashma, qum - kvarsning shakl o'zgarishlari hisoblanadi. Kislotali oksid xossasiga ega bo'lib, ishqorlar, ishqoriy metallar karbonatlar va asosli oksidlar bilan qo'shib suyuqlantirilganda kremniy kislota tuzlari - silikatlarni hosil qiladi:Si0,+2Na0H=H,0+Na,Si03 Si0,+Na,C03=C0,+Na,Si03 Si0,+Ca0=CaSi03 Ftorid kislotadan boshqa kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ftorid kislota ta'sirida gazsimon kremniy ftorid SiF4 hosil bo'ladi:Si0,+4HF=2H10+SiF4t Suyuqlantirilgan kvarsdan ultrabinafsha nurni o'tkazuvchi va kichik kengayish koeffitsientiga ega bo'lgan kvars oynasi ishlab chiqariladi. Kvarsning suyuqlanish harorati 1500°C atrofida. Shuning uchun kvars oynasini yuqori haroratli sharoitlarda ishlatish mumkin. Kvarsdan simob lampalari va kimyoviy laboratoriya idishlari tayyorlanadi. Metakremniy kislota va uning tuzlari. Metakremniy kislota H2Si03 ikki negizli kuchsiz kislota bo'lib, karbonat kislotadan ham kuchsizdir. Shuning uchun karbonat kislota yoki karbonat angidrid uni tuzlari eritmasidan siqib chiqaiishi mumkin: Na2Si03+H20+C02=Na2C03+H2Si031 Metakremniy kislota suvda erimaydi va gelsimon cho'kma holida ajrab chiqadi. U faqat ishqorlarda eriydi va tuzlar hosil qiladi: 2Na0H+H,Si03=Na,Si03+2H,0 Qizdirilganda metakremniy kislota osonlik bilan suv va kremniy (IV)-oksidga parchalanadi: H2Si0=Si02+H20 Metakremniy kislota uning tuzlariga boshqa kislotalarni ta'sir ettirib olinadi. Uning tuzlari silikatlar deb ataladi. Faqat ishqoriy metallar silikatlari suvda eriydi. Natriy va kaliy silikatlari (Na2Si03 va K2Si03) eritmalari suyuq shisha deb ataladi. Suyuq shisha kislotaga chidamli sement, beton, yelim, surtmalar tayyorlashda, gazlama va g'ovak toshlarga singdirishda, qurilish ishlarida ishlatiladi. Silikatlar murakkab tabiiy birikmalar - alumosilikatlar, masalan, dala shpati (IC,OAL,03-6SiQ,), kaolin (Al,0.,-Si(VH,0) tarkibiga kiradi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish