Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O‘quvchilarni barglarning hujayraviy tuzilishi, orgonoidlarining biologik ahamiyati haqidagi bilimlari, orgonoidlarni vazifalari ularni bir – biridan ajratish, kuzatish va darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Gerbariylar to‘plami, slaydlar, plakatlar.
Dars turi. Hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
Guruh o‘quvchilari o‘zlarining guruh nomiga berib o‘tadilar.
Guruhlar I. Olma.
II. Shaftoli.
III. O‘rik.
IV. Anjir.
V. Uzum.
Olma - ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Xushbo‘y, shirin va nordon olmalar, yurakni quvvatli qiladi. Xalq tabobatida surinkali bod, tovush bo‘g ‘ilishi, kamqonlik, oshqozon – ichak yo‘lining yallig ‘lanishi kabi kasalliklar davolangan .
Sanoatda olmadan murabbo, djem, kompot, sharbatlar tayyorlanadi. Uy sharoitida olmadan, yoki dejimidan tayyorlan piroqlar juda mazali va to‘yimli bo‘lib ishtahani ochadi. Olmani o‘zidan tayyorlangan pirok gijjalarda va dizenteriyada foyda qiladi. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur maddalar, temir moddasi bor.
Shaftoli - pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ovqatga ishtaha tugdirish xusisiyati bor. Shaftolini ovqatning ustiga yeyish yaramaydi, ovqatni ham buzadi o‘zi ham buziladi. Shuning uchun ovqatdan ilgari yeyish zarur. Shaftolining bargidan olingan suvi quloqqa tomizilsa qurtlarni o‘ldiradi.
Uning yog‘i bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi.
Shaftoli mevasi tajribada 15 % gacha qand, efir moyi, pektin, karatinoidlar, organik kislotalar (olma, uzum, hin va limon) C,B vitaminlari, kaliy magniy va organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalari bor.
O‘rik. – Shaftolidan ko‘ra me’da uchun muvoffiqroqdir.
Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sanoatda ham oilada ham undan jem, sharbat, murabbo, kampot tayyorlanadi.
O‘riklar asosan quritiladi juda yaxshi bargak va turshak tushadi.
Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy ichish tavsiya qilinadi. Ivitilgan turshak isitmalarga foyda qiladi va qabiziyat oldi olinadi.
O‘rik mevasi tarkibida qandlar, pektin moddalar, organik kislotalar, karotin, C, PP vitaminlari bor.
Anjir - uning o‘ziga xos tabobati bor. Anjir shinnisining ta’siri asal ta’siriga o‘xshaydi.
Anjirdagi oziqlikning tig‘izligi garchi don va go‘shtlarnikidek bo‘lmasa ham, boshqa hamma mevalarning ovqatliligidan zo‘rdir.
Ho‘l va quruq anjir tutqanoq kasaliga foyda qiladi. Quloq osti shishlariga qo‘yib bog‘lansa ham foyda yetkazadi, tomoq qirilishiga, ko‘krak va o‘pka yo‘llariga mos keladi. Sharbati sutni ko‘paytiradi.
Ho‘l anjir ayniqsa, agar maydalangan bodom bilan yeyilsa, yumshatuvchi va (ichni) yengil suruvchidir.
Xususan uni sutini ishlatilsa qumni chiqaradi.
Anjir mevasi tarkibida qand, organik kislotalar, C, B, B12 vitaminlari, provitamin A, oqsil pektin va mineral tuzlar bor.
Xalq tabobatida anjir qadimdan jigar, taloq va o‘pka shamollashida ishlatilib kelingan. Ilmiy medissinada keng foydalaniladi.
Uzum - tokdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik chirmashib o‘sadigan o‘simlik. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni uzulganidan yaxshidir.
Yangi uzulgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib qo‘yilgan yaxshi oziqli bo‘lib badanni quvvatli qiladi.
Mayiz jigar va me’daning do‘stidir. Uzum va mayiz birgalikda ichak og‘riqlariga, yaxshi mayiz esa buyrak va qovuqqa foyda qiladi.
Mevasia tarkibida 30% gacha, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlari, karotin va mineral tuzlar bor. Tok barglarida ham organik kislotalar, C, P vitaminlari va 2% gacha qand bor.
Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak-jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.
Ilmiy medisinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |