Fan : adabiyot. Darsning texnologik xaritasi



Download 176,01 Kb.
Sana23.01.2017
Hajmi176,01 Kb.
#940
SANA:

SINF: 5-“A”

FAN : ADABIYOT.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Mavzu

G`afur G`ulom. “Mening o`g`rigina bolam” asari

Maqsad

va vazifalar

Darsning ta’limiy maqsadi - G`afur G`ulomning “Mening o`g`rigina bolam” asari mazmuni va g`oyasini o`zlashtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Mavzu orqali o`quvchilarda Vatanga, oilaga muhabbat, qadriyatlarni ulug`lash, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda oila mustahkamligini belgilovchi aka-uuka, opa-singil orasidagi o`zaro mehr-muruvvat tuyg`usini rivojlantirish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Suhbat,og`zaki bayon, tushunchalar tahlili.

Shakl: guruhlarda ishlash, suhbat, munozara.

Vosita: adabiyot darsligi, adibning suratlari.

Nazorat: оg`zaki nazorat,savol-javob

Baholash: 5 balli tizim asosida

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Маvzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga, o`quvchi faolligini oshiradi.O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi.O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganishva uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish,savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi..

O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadilar,nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi.



DARSNING BLOK SXEMASI



Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Darsning tashkiliy qismi.

5-daqiqa

2.

O`quvchilarni faollashtirish.

6-daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish va guruhlarda ishlash.

15-daqiqa

4.

Mustahkamlash.

12-daqiqa

5.

Darsni yakunlash.

5-daqiqa

6.

Uyga vazifa.

2-daqiqa

DARSNING BORISHI

  1. Tashkiliy qism: Sinf xonasiga kiraman. O`quvchilar bilan salomlashaman va davomatni aniqlayman. Tozalikni tekshiraman. O`quvchilarning diqqatini o`zimga jalb qilaman.

  2. O`quvchilarni faollashtirish.

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, bugungi darsimizda ham kichik guruhlarga bo`linasizlar. O`quvchilar 2 guruhga bo`linib, quyidagi nomlar bilan guruhlarini atadilar: “Navoiy” va “Bobur” guruhlari.

O`qituvchi: Oldingi darsimizda Mirkarim Osimning hayoti va ijodi, uning “Zulmat ichra nur” qissasini o`tgan edik. Keling shu o`tilgan mavzuni yodga olaylik va quyidagi jadvalni to`ldiraylik. Guruhlarga “Konseptual jadval”lar tarqatiladi.

1-topshiriq. Quyida Mirkarim Osimning hayotida ro`y bergan voqealarning sanasini belgilang.

voqelar

Sanalar

Alisher Navoiy va Darvishali”, “Badarg`a”, “Ulug`bek va Navoiy” asarlarini yozgan













Moskva pedagogika instituti tarix fakultetida tahsil olgan













G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti muharriri













Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.













Yangi ariq” dastlabki qissasi













Qamoqqa olingan













Jadvalni birinchi va to`g`ri to`ldirgan guruh taqdirlanadi.

1-topshiriq. “Tezkor savollar” usuli vositasida o`tilgan mavzular yodga olinadi.

Navoiy” guruhiga savollar:

Bulbul” ertakmi hikoyami?



Tani sog`lik - ….. ….. . davom ettiring.

Epik tur janrlarini sanang.

Ko`zining yoshi oyog`iga tushar. Topishmoqning javobi nima?

Qul Tarlon qaysi asar qahramoni?

Roksananing ko`z yoshlari” asari kimning qalamiga mansub?



Gulliver qayerlaga sayohatga boradi?

Uloqda” yikoyasining qahramonlarini sanab bering.



Bobur” guruhiga savollar:

Maxsus turga kiruvchi janrlarni sanang.

Topishmoqning to`g`ri javobi uchun nima beriladi?

O`zingni er bilsang …. …. …. . maqolning davomini ayting.

Bir palisim bor hech yig`olmayman. Topishmoqning javobi nima?

“Oygul bilan Baxtiyor” asarida Baxtiyor qaysi yurtdan edi?

Gulliver Londondagi qaysi mashhur vrachga shogirdlikka tushadi?

“Bulbul” asarida imperator bulbul haqida kimdan eshitadi?

“Uloqda” hikoyasi qachon yozilib, nashrdan chiqqan?

Savollarga birinchi va to`g`ri javob berrgan guruh taqdirlanadi.

3. Yangi mavzuni yoritish va guruhlarda ishlash. Avvalo, adibning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

G`аfur G`ulom 1903-yil 10-mаy kuni Toshkent shаhrining Qo`rqontegi mаhаllаsidа kаmbаqаl dehqon oilаsidа tug`ilgаn. Yosh G`аfur аvvаl eski mаktаbdа tа’lim olаdi vа 9 yoshidа o`qish hаmdа yozishni o`zlаshtirаdi. 1912 yildа G`ulom аkа olаmdаn o`tib, beshtа bolаsi etim qolаdi hаmdа G`аfurning o`qishi bo`linаdi. Akаsining yordаmidа G`аfur 1916-yilning kuzidа O`qchi mаhаllаsidаgi rus-tuzem bilim yurtigа o`qishgа kirаdi. 1918-yildа onаsining bevаqt vаfoti tufаyli G`аfur yetim qolgаn singillаrini boqish uchun bosmахonаgа hаrf teruvchi sifаtidа ishgа kirishgа mаjbur bo`lаdi. U yerdа keksа ishchi Аbdurаhmon Sohiboevning mаslаhаti bilаn sаkkiz oylik o`qituvchilаr tаyyorlov kursini bitirаdi vа “Urfon” deb аtаlgаn boqimsiz bolаlаr mаktаb-internаtidа tаrbiyachi hаmdа mudir bo`lib ishlаy boshlаydi. Хuddi shu bolаlаr hаyotidаn ruhlаnish nаtijаsidа, G`аfur G`ulomning birinchi she’ri dunyogа kelаdi. Fаqаt u mаshq judа zаif bo`lgаni uchun mаtbuotdа bosilmаgаn edi. G`аfur G`ulomning 1923-yildа mаtbuotdа e’lon qilingаn birinchi she’ri esа “Go`zаllik nimаdа?” deb аtаlаr edi.

G`аfur G`ulom 1923-yildаn to 1930-yilgаchа besh yuzgа yaqin she’r, hikoya, ocherk, doston, feleton yozgаn. Demаk, u dаstlаbki dаvrdаyoq sermаhsul vа ko`pqirrаli ijod sohibi bo`lgаn. 20-yillаrning oхiri vа 30-yillаrning boshidа “Ko`ngilsizning qilig`i”, “Eshon obod”, “Yigit”, “CHorbozorchi”, “Soаt”, “Jo`rаbo`zа”, “Elаtiyadа bir ov” kаbi 40 gа yaqin hikoya yozdi. G`аfur G`ulomning nаsrdаgi mаhorаti, хususаn, “Netаy” (1930), “Tirilgаn murdа” (1934), “Shum bolа”, “Yodgor” qissаlаridа ochiq ko`rinаdi.

G`аfur G`ulomning urush yillаridа yarаtgаn she’rlаri chuqur vаtаnpаrvаrlik ruhi bilаn sug`orilgаn edi. Bu аsаrlаr g`oyat sаmimiyligi, insoniyligi tufаyli urushning eng og`ir dаmlаridа хаlqimizgа mаdаd berdi, ruhini bаrdаm qildi. Shoirning bundаy she’rlаri qаtoridа “Kuzаtish”, “Qish”, “Sog`inish”, “Хotin”, “Bizning ko`chаdа hаm bаyrаm bo`lаjаk”, “Suv vа nur” kаbilаrni tilgа olish mumkin. “Sen etim emаssаn” she’ridа хаlqlаr o`rtаsidаgi do`stlik, chuqur internаsionаlizm tuyg`usi, kishilаrimizgа хos bo`lgаn ezgulik yorqin ifodаlаngаn. U urush tufаyli yetim qolgаn bolаlаr fojiаsini o`z shахsiy fojiаsidаy qаbul qilаdi. G`аfur G`ulom U “Qozoq elining Ulug` to`yi”, “Qаrdosh tojik хаlqigа o`zbek хаlqidаn sаlom”, “Sаmаd Vurg`ungа” kаbi poetik аsаrlаridа хаlqlаr o`rtаsidаgi do`stlikni ulug`lаdi. G`аfur G`ulom, uning o`z so`zlаri bilаn аytgаndа, “o`zbek elining g`ururi”gа аylаngаn edi.



“Mening o`g`rigina bolam” hikoyasi o`qiladi. Mazmuni o`zlashtiriladi.

Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi:



  1. Hikoya qahramonlari kimlar?

  2. Asar voqeasi qachon va qayerda sodir bo`lgan?

  3. Asar voqeasi kim tomonidan hikoya qilinayapti?

  4. “Qora buvi”ning asli ismi nima?

  5. “Qora buvi” kimning farzandlariga qarab turar edi?

  6. Nima uchun “Qora buvi” o`g`ridan qo`rqmaydi?

  7. “Qora buvi” va “o`g`rigina bola” ni sirdosh qilgan sabablar?

  8. “O`g`rigina bola”ning haqiqiy o`g`rilardan farqi?

  9. “Qora buvi”ning chinakam o`zbek ayoliga xos fazilatlari?

4.Mustahkamlash. So`ng “O`g`rigina bola” “Sinkveyn” usulida tahlil qilinadi:

O`g`ri

Ilojsiz, vijdonli

Suhbatlashadi, tanitmaydi, o`g`irlaydi

Haqiqiy o`g`rida vijdon bo`lmaydi

O`g`rigina bola

Guruhlarga topshiriqlar:


BLIS- SO’ROV

  1. G’.G’ulom qachon va qayerda tug’ilgan?

  2. Shoirning ilk she’riy to’plami qanday nomlangan?

  3. Shoirning yana qanday asarlari mavjud?

  4. G’G’ulom аdabiyotdagi xizmatlari uchun qanday taqdirlangan?



Guruhlarga topshiriqlar:

1-guruh

“Anqoga shapig’” tushunchasi izohi



2-guruh

“Uch xo’roz o’tgandan keyin” tushunchasi izohi



3-guruh

“G’ulomgardish” tushunchasi izohi



5. Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash. Guruhlarning to`gri javoblari rag`batlantiriladi. Ragbat kartochkalari:

c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpgc:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpgc:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg



6. Uyga vazifa: darslikdan hikoyani o`qish va savollarga javob berish.

XULOSA

Darsda o`quvchilarning faolligini oshirish, ularnni zukkolikka, chaqqonlikka o`rgatishga katta e`tabor berildi. O`quvchilarning Abdulla Oripovning “O`zbekiston” qasidasini o`zlashtirishi orqali O`zbekistonning dunyo xaritasida tutgan o`rni, istiqlolga erishgandan so`ng iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy sohalarda qo`lga kiritilgan yutuqlarihaqidagi bilimini oshirish maqsad qilib olingan edi. Shuningdek, mavzu orqali o`quvchilarda Vatanga muhabbat, qadriyatlarni ulug`lash, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish, jamiyat taraqiyotiga hissa qo`shish tuyg`usini rivojlantirish ham maqsad qilindi. Qisman bo`lsa-da ushbu maqsadga erishdim, deb o`ylayman. Darsda o`quvchilarning yangi pedtexnologiyalar asosida mavzu ustida ishlashiga, interfaol usullarni ishlatishiga katta e`tibor qaratildi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”. – T.: M’anaviyat, 2008.

  2. А.Азамов “Ўқувчиларга билим беришда инновацион усуллардан фойдаланиш” Т., 2004 й. “Тил ва адабиёт таълими” (1995-2006)

  3. Қ.Хусанбоева “Адабий таълимда мустақил фикрлашга ўргатиш асослари” Т., 2003 й.

  4. Қ.Йўлдошев “Адабиёт ўқитишнинг илмий – назарий асослари” Т., 1996 й.

  5. “Ziyokor” jurnali №6 (178) 2012 y.

  6. 5 – sinf “Adabiyot” darsligi, II qism.T.- Sharq. - 2011.

  7. “Til va adabiyot” jurnali. №3 2012 yil.

  8. O`zbek adabiyoti. Uzviylashtirilgan o`quv dasturini joriy etish bo`yicha tavsiya va taqvim – mavzu rejalar. Toshkent – 2010.

  9. Adabiyotdan metodik qo`llanma. 2006-yil.


MUNDARIJA

  1. Darsning texnologik xaritasi




  1. Darsning blok chizmasi




  1. Darsning tashkiliy qismi




  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash




  1. Yangi mavzuni bayoni




  1. Yangi mavzuni mustahkamlash




  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa




  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan adabiyotlar




c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

G`afur G`ulom (1903-1966)

MAVZU: G`AFUR G ULOMINING

«MENING O`G`RIGINA BOLAM» HIKOYASI

ASOSIDA BAHS MUNOZARA DARS

Darsning maqsadi: o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish

Darsning jihozi: G`.G`ulom asarlari, yozuvchi hayoti va ijodiga bag`ishlangan fotoalbom, video tasvir.

Darsning borishi:

1. O`tilgan mavzuni so`rash:

2. Yangi mavzuni bayon qilish:

3. Aqliy hujum.

4. Asar ruhini anglatuvchi sahna ko`rinishi.

5. Asar yuzasidan bahs-munozara.

6. B.B.B. usuli.

7. Darsni mustahkamlash, baholash, rag`batlantirish.

8. Uyga vazifa.

O`tilgan mavzu Oybekning «Fonarchi ota», «Bolaning ko`ngli ppdsho» asarlari savdl-javob orqali so`raladi va mustah-kamlanadi. Yangi mavzuni bayon qilish. Hikoya matni o`qiladi.



Aqliy hujum:

G`afur G`ulom kim, u haqda nimalarni bilasiz? O`quvchilarning javoblari doskaga yozib boriladi, asosli javoblar umumlashtiriladi.

O`quvchilar ikki guruhga bo`linadi. 1- guruh «Bilim-donlar», 2-guruh «Chaqqonlar».

Sahna ko`rinishi: Tor eski hovli. Uvada ko`rpa-to`shaklarga o`ralib yotgan etim bolalar. Qora buvi va o`g`ri suhbatlashmoqdalar.

Mazkur ko`rinish hamda o`rganilgan asar matni yuzasidan o`quvchilar bahs- munozaraga tortiladi.

O`qituvchi: Ushbu sahna ko`rinishi orqali kim qanday tasavvurga ega bo`ldi?

O`quvchi: Mening tushunishimcha, bu sahna orqali G`afur G`ulomning yoshlik yillaridagi davr ifodalangan.

O`quvchi: Ha, to`g`ri aytdingiz, bu qisqa sahna orqali yozuvchining bolalik yillari qay tariqa kechganligining guvohi bo`ldik.

O`quvchi: Buvining o`g`riga bo`lgan munosabati meni hayron qoldirdi.

O`quvchi: Onaxon buvi qalbidagi onalarga xos chek-siz mehr-muruvvat tufayji o`g`rining chin insoniy fazilatlarini tushunib etdi.

O`quvchi: Buvining o`g`riga muruvvati lining haqiqiy insoniy fazilat egasi ekanligini namoyon etgan.

O`quvchi: Shunday hayot beshafqat, og`ir bo`lgan davrda ham shum niyatli o`g`ri qalbini yumshata olgan, o`zi nochor bo`lsa- da, o`g`riga achinib, «Qutlug` uydan quruq chiqmasligi, hech bo`lmasa qozonni olib ketishini so`ragan qora buviga nisbatan qalbimizda cheksiz muhab-bat uyg`ondi.

B.B.B.strategiyasi bo`yicha oldindan tayyorlangan quyidagi jadval to`ldiriladi.
c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

Jadval shu tariqa to`ldirib boriladi.



Savol- javob o`tkazish:

1. Hikoyada qaysi davr voqealari tasvirlangan? «Bilimdonlar»: XX asr boshlarida birinchijahon urushi davridagi xalq hayoti manzarasi tasvirlangan.

2. O`g`rini tun qorong`usida hovli oshib o`g`rilikka tu-shishga nima majbur qildi?

«Chaqqonlar»: Oilani boqish tashvishi majbur qildi.

3. Qora buvining olti oydan buyon uyqusi kamligiga sabab nima?

«Bilimdonlar»: Bolalarni boqish, ertasini o`ylash, uyli-joyli qilish.

4. O`g`ri nima uchun boshqa kasb bilan shug`ullanmadi? «Chaqqonlar»: Chunki o`sha davrda barcha kasbning bozori kasod edi.

5. Nima uchun o`g`ri boylarnikini emas, kambag`alning uyini tanladi.?

«Bilimdonlar»: Boylarning uyini devori ba`and, itlari qopag`on. O`g`rini ushlashlari uchun qorovullari bor edi.

6. O`g`ri nima uchun buvi bilan choy ichishga una-madi?

«Bilimdonlar»: Tong otib qolsa buvi uni tanib qolishi mumkin edi.



Milliylik haqida ma`lumot.

O`quvchilar, siz bilan o`qib tahlil qilganimiz, voqeiy hikoyadir. Shuning uchun bu hikoya aynan hayotning o`zidek tasvirlangan etuk romantik asar bo`lib, haqiqiy milliy jozi-baga ega. Milliylik bu-asarda millat, xalq turmushi man-zaralarini milliy urf-odatlarini millat vakillariga xos xusu-siyatlarni jonli. hayotiy ko`rsatishdadir. Hikoyadagi kampir-ning bolajonligi, saxovati, mehribonligi, mehmondo`stligi o`zbek xalqiga xos milliy xususiyatlardir.



Dars yakunida guruhlar orasida eng ko`p ball to`plagan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa: «Oradan o`n yil o`tdi» O`g`ri qora buviga xat yo`lladi.(Sizningcha o`g`rining hayot yo`li, kasbi o`zgardimi, fikringizni yozing).
Download 176,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish