Bo’m-bo’sh zaldan
40. Bolalar uchun mantiqiy savol:
18=2
19=1
68=3
17=0
Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan?
Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va hokazo.
41. Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin. Savol: bu qaysi tuyg’u?
Qo’rquv
42. Chalg’ituvchi savol: Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy takrorlab savolning javobini izohlab bering.
Traktorchi ayol kishi edi
43. Jiddiy savol: U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima?
Bu vaqt
44. VII-VIII asrlarda Eronda topilgan tarixiy hujjatda shunday majburiyatlar yozilgan edi: “Xudo nomi bilan qasam ichaman, uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka ham, boshqalar himoyasiga ham bermayman” Savol: ushbu hujjatda qanday majburiyat zikr etilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |