Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va
muammolardagi farqlar
.
Birinchidan, inson muammosini o‘rganishga
nisbatan yondashuvlarda G‘arb va Sharq falsafasida tafovutlar mavjud.
G‘arb
falsafasidan farqli o‘laroq, Sharq falsafasi asosiy e'tiborni inson muammosiga
qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli,
jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish
umuminsoniy ma'naviyat ekanligi ta'kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan,
serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z
himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan.
Sharq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush
tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu sababli unda insonning o‘zligi,
uning
shakllari va holatlari
, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga,
shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy
nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da
keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka
muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga
hyech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari
harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “Yolg‘on gapirib tirik
qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini yengib, jilovlab
olmagan kishi, hyech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi”
6
kabi fikrlar hozirgi
kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. G‘arb falsafasi esa, insonga uning
ruhiy borlig‘i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va
bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. Shu bois u naturfalsafiy,
ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va
huquqiy muammolarni o‘rganadi.
Ikkinchidan, Sharq va G‘arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar
mavjud
. Sharq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat
hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon
bo‘ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, konfutsiychilik, zardo‘shdiylik
misol bo‘lishi mumkin. G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga
tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‘arbning falsafiy
ta'limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hyech bo‘lmasa qadimgi
Yunoniston va Rimda keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga,
G‘arb antik falsafasida, avvalo Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa
faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha kuchli.
Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‘ziga
xos farqlarga ega
. Sharq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan
aksariyat kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir
bilan birikmasi – si; yoki narsalarga besh moddiy birinchi asos – yer, suv,
havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida yondashish tabiiy bir hol sifatida
qaraladi. Hayot va o‘lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi, ong va uning
holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‘p muhokama qilinadi. Sansara – jonning
qayta gavdalanishi, o‘zga shakl-shamoyilda namoyon bo‘lishi, karma – inson
o‘limidan keyin tiriklik paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo
olishi yoki insonning individual taqdiri, askeza – o‘zini o‘zi cheklash yo‘li
bilan g‘ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana –
eng yuksak holat
, inson
erishishni ko‘zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‘lgan jon
holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, Sharq falsafasi harakat, qarama-
qarshilik, birlik, materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi
falsafiy kategoriyalardan ham foydalanadi. G‘arbda esa, falsafiy tizimlar
mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy kategoriyalar
apparatining yaratilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi
kategoriyalar haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‘z
yuritilgan. U o‘zidan oldingi falsafiy tafakkurni o‘rganish asosida kategoriyalar
jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni o‘z ichiga olgan: mohiyat
(substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‘rin, holat, harakat, azob-
uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan
yutuqlar munosabati bilan uning tarkibini o‘zgartirishni taklif qilgan Yangi
davrga qadar kategoriyalar haqidagi ta'limotning rivojlanishiga hal qiluvchi
ta'sir ko‘rsatib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |