Oltinchidan, Sharq va G‘arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‘zining ikki
ko‘rinishida: ob'ektiv idealizm va sub'ektiv idealizm sifatida namoyon bo‘ladi
.
Sharq falsafasida bu “yoga”, buddizm, jaynizm, zardo‘shtiylik, konfutsiychilik,
daochilik falsafasi, G‘arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi
falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va
sh.klarda o‘z ifodasini topadi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab
ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – “g‘oyalar dunyosi” va
“narsalar dunyosi” mavjudligi haqida saboq beradi. “G‘oyalar dunyosi”
umumiy tushunchalardan iborat, “narsalar dunyosi” esa “g‘oyalar dunyosi”ning
in'ikosidir: “g‘oyalar dunyosi”da ideal mohiyatlar mavjud, “narsalar dunyosi”
esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning
g‘oyalar haqidagi ta'limoti uning “Bazm”, “Fedon”, “Fedr”, “Davlat” asarlarida
o‘z aksini topgan, mutafakkirning “Teatet”, “Parmenid”, “Sofist”, “Kritiy”
asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga
bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof “aksi”, uning
“aksilmohiyati”. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu
piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida “bilish va harakat
asosining mohiyati” sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning
yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. Shunday
qilib, Platon “g‘oyalar dunyosi” “narsalar dunyosi”ni vujudga keltirishini
nazarda tutuvchi ob'ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va
narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk
mutafakkir uchun “g‘oyalar dunyosi” birlamchidir.
Aristotel “Metafizika” asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi
sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta'limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy
idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi.
Platon fikrlariga e'tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada
mavjud deb hisoblaydi: “Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi”.
“Metafizika”da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy
tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular “umumiy
metafizika” muammolaridir. Ammo “xususiy metafizika” ham mavjud bo‘lib,
u “harakatsiz substansiya yoki birinchi boqiy dvigatel”ni o‘rganadi.
Ayni vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, aksariyat Sharq va G‘arb faylasuflarining
falsafiy qarashlari faqat materialistik yoki faqat idealistik xususiyat kasb
etmaydi. Ularda boshqa g‘oyalar ham uyg‘unlashadi. Ammo materiya va
ongning o‘zaro nisbati muammosining u yoki bu yechimi uning turli
shakllarida – kosmos va tabiatni anglab yetishdan tortib inson va uning shaxsiy
borlig‘iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy maktabning muayyan
dunyoqarashidan dalolat beradi.
yettinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy
qonuniyati uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga
erishish yo‘lida ilmiy izlanishlar olib borishidir
. Bu yerda gap fanga va
falsafaning metodologik funksiyasiga bo‘lgan munosabat haqida ketmoqda.
Falsafiy ta'limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar yordamida turli hodisalarning
tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan
avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq
mamlakatlarida ham keng tarqalgan konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning
ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, «syao» yoki ota-onani hurmat
qilish, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatish konsepsiyasi yosh jihatidan ham,
ijtimoiy ierarxiya bo‘yicha ham kattalarga nisbatan o‘z xulq-atvorini barcha
fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yo‘lga qo‘yishni taklif qiladi.
G‘arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda ham falsafaning
metodologik funksiyasi bo‘rtib namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Masalan, yunon
faylasuflari – falsafa tarixidan donishmandlik va shirinsuxanlik o‘qituvchilari
degan nom bilan o‘rin olgan sofistlar shogirdlariga oqilona fikrlashni,
muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran anglagan holda
ish ko‘rishni va o‘z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni
o‘rgatishni o‘z vazifasi deb bilganlar. Ma'lumki,
Do'stlaringiz bilan baham: |