Falsafiy dunyoqarash va uning o`z-o`zini anglashdagi roli reja


INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI



Download 28,96 Kb.
bet2/2
Sana13.07.2022
Hajmi28,96 Kb.
#790970
1   2
Bog'liq
tema 2

INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI
Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat.
Umuman, dunyoqarash-bu kishilarning faqat dunyo togrisidagi hozirgi aniq tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yigindisidan iborat bolmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, butun qadriyatlar sistemasini ham, otmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning moljallarini ham oz ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, ozida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini moljallashi yoki rad qilishi, ularning axloqiy yurish-turish meyorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha bolgan hamma manaviyliklarni mujassam-lashtirgan boladi. Dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid manaviylik bilan bahramandlik, kishilarning insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, oz taraqqiyotida nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash kabi xususiyatlar ham boladi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu oz navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy ozlashtirishining ozgarib bo-rishi bilan uning ongidagi inikos bolgan dunyoqarash ham ozgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bolib boradi.

Fan ilmiy dunyoqarash shakli

Agar falsafa so’zining kelib chiqishi ya’ni etimologiyasiga e’tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi ‘donolikni sevaman’ degan ma’noni anglatadi. Falsafaning o’z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat,ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir.Bu shu qadar oddiy holga
aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.MORUA falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo’lgan. “falsafa” deganda nimani tushunish hamisha mushkul bolgan biroq XX asr mobaynida “ falsafa”ni ta’riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo’lmay qoldi.
Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimоiy jamiyat, tafakkur хamda shaхs faоliyati mazmunining rivоjlanib bоrishini bеlgilab bеruvchi dialеktik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim dоirasida ijtimоiy-gоyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estеtik, xuquqiy va ekоlоgik bilimlar nеgizida shakllangan e’tiqodlar asоsiy tarkibiy unsurlar sifatida namоyon buladi. Muayyan dunyoqarashga ega bulish shaхsda atrоf-muхit, ijtimоiy munоsabatlar, mehnat faоliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’еktlarga nisbatan ma’lum munоsabatning qaror tоpishi, shuningdеk, shaхs tоmоnidan zimmasidagi ijtimоiy burchlarini tulakоnli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuygusiga ega bulishi uchun zamin yaratadi. Shaхsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz хamda maksadga muvоfik tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yulga kuyilishi, uning turli yunalish va mazmundagi ijtimоiy munоsabatlar jarayonida faоl ishtirоk etishi, shuningdеk, uz-uzini tarbiyalab bоrishi natijasida shakllanadi. Yosh avlоd dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yulga kuyilgan tabiiy, ijtimоiy va gumanitar fanlar asоslarining ular tоmоnidan puхta uzlashtirilishi muхim urin tutadi.

SHARQ VA G’ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI


Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma'naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas.Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining tagiga yetish borliq jumbog‘ining tagiga yetish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab yetganlar.
Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi”.
O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hyech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan.
Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab yetadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa – nisbiy borliq namoyon bo‘ladi.
Darhaqiqat, antik davrdan boshlab insonga bo‘lgan qiziqish dam kuchayib, dam ma'lum vaqt pasayib turgan, lekin hyech qachon yo‘qolmagan. «Inson nima?», degan savol bugungi kunda ham avvalgidek jahon falsafasidagi o‘ta muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, insoniyatning eng o‘tkir aql-zakovat sohiblari e'tiboridan tushmay va ayni vaqtda o‘zining uzil-kesil, umumiy e'tirof etilgan yechimini topmay kelmoqda.

Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.


Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma'nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob'ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. Shundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi. Shunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e'tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi.

BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI


Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”

Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.


Globallashuv sharoitida antropologik inqrozning oldini olishning zaruriyati falsafa


Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqyealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi»1. Shu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta'siriga va G‘arbiy yevropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan yer kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi.
Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e'tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo‘llarini izlashga majbur qildi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi


Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz tarixi bir necha ming yilni qamrab oladi va ma’naviyatimiz to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi hatto milliy hududlarimizdan tashqarida ham topilgan bo’lib, «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklarda uchraydi. Ikkinchi qismi qadim Shumer, Bobil va Ashshur, Misr va Yunon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgan. Uchinchi guruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’ngi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, milliy madaniyatining cho’qqisiga qiyos qilish mumkin. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo’lishi amrimaholdir.Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkil etadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy zamini mustahkam bo’lmaydi. Chunki milliy ong mustaqilikka yo’nalish beradi, xalqini yaktan, yakdil qiladi.Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart sharoitlari, urf-odatlari, an’nalari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) xissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari qarashlari, g’oya va nazariyalari majmuini ham anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust bo’lmaydi. Aksincha, milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgai ma’naviy merosi orqali yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo’shilib rivojlanadi. Shu bois ta’lim tarbiyaning milliy ongining shakllanishi hamda taraqqiy etishdagi o’rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir. Ta’lim-tarbiya tizimini ana shu asosda qayta ko’rib chiqish hozirgi davrda ayniqsa muhimdir. Bu esa, o’z navbatida, ilm-fan, axloq va huquq, adabiyot va san’at oldiga bir qator masalalar qo’yadi. Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko’maklashadi, komil inson degan oliy maqsad sari etaklaydi.Avvalo muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy kiyofasi o’sha tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlarga qarab o’zgarib borishi tabiiydir.Zero, millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi.Aslida milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustuqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Diniy madaniy an’analarning jamiyat taraqiyottiga ta’siri


Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir. Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.

Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, zamon talabiga binoan va global muammolar yuzaga kelgani bilan dinlararo integrasiya ham kuchayib bormoqda.

Dinning integrasion funksiyasi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu sifat turli tarixiy davrlarda, har qaysi dinda o’ziga xos tarzda namoyon bo’lgan. Masalan, xristianlik yuzaga kelganda uning g’oyalari atrofida dastaval qullar va kambag’allar o’z ruhiy ehtiyojlarini qondirish uchun muttahid bo’lganlar. Bu integrasion jarayon Rim imperiyasining zodagonlarini ham asta – sekin o’ziga tortgan. Bu hodisaning mohiyatini yaxshi fahmlangan imperator Konstantin 313 yil xristianlikni saltanatning rasmiy davlat dini deb e’lon qilgan, o’zi ham uni qabul qilgan. Xristianlik tufaydi Rim imperiyasi birlashgan va kuchli davlatga aylangan. Keyinchalik O’rta asrlarda ko’pgina yevropa davlatlarida, 988 yili rusda ham xristianlik yagona e’tiqodga aylangan, ya’ni o’zining tub ma’noda integrasion funksiyasini bajargan va bugun ham keng ma’noda bajarib kelmoqda.

BMT kodeksida korrupsiyaga munosabat


BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.
BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) quyidagi bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilinsin:

1) Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilangan»;

2) Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi shuni bayon qiladiki, 15—19, 21, 22-moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmishlardir va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi»;

3) Konvensiya 44-moddasining 6-bandi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining «a» kichik bandiga muvofiq shuni bildiradiki, u ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning boshqa Ishtirokchi-davlatlari bilan o‘zarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida foydalanadi»;


4) Konvensiyaning 46-moddasi bo‘yicha:

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.


Korrupsiyani oldini olish inson omilini ayrim sohalarda kamaytirish maqsadida raqamli tizimga asta asta o’tib borilishi yaqqol misol. Raqamli tizimning qulay tomolaridan bu navbatsiz o’z ishlaringizni online uyingizdan chiqmaga holda oson hal etish mumkinligini anglatadi.

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”


Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi.

ETIKA KATEGORIYALARINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] - "axloq falsafasi", yun. ἤθος (ētos) - "odat") shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U "toʻgʻri"-"notoʻgʻri", "yaxshi"-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.
Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.
Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas.
Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida, qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir.
Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.

Etikaning zamonaviy muammolariga diniy va ilmiy yondashuvlar


Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakat larni o’z ichiga oladi.

Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakat larning majmui.

Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakat lar yig’indisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o’zgarish ro’y bermaydi.

Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha marakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y- ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi.

OIL AVA OILAVIY QADRIYATLAR MA’NAVIY MANAVIYATNING BOSH OMILI
Oila - nikohga yoki tug'ishganlikka asoslangan kichik gurah. Uning a'zolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oila jamoa-urug'chilik tuzumining yemirilishi bilan barqaror uyushma bo'lib yuzaga keldi. Monogamiyaning dastlabki tarixiy shakli patriarxal oila bo'lgan va oilani ota boshqargan. Oila ham jamiyat taraqqiyotiga va oila a'zolari o'rtasidagi mehnat taqsimotiga qarab mohiyatini o'zgartirib turadi. Sharq oilasi G'arb oilasidan farq qiladi.

Haqiqiy sevgi, muhabbat asosida qurilgan oilalar ko'p. Ba'zan hisob-kitob asosida, mulkiy munosabatlar asosida ham oila qurganlar uchraydi. Shu sababli oila buzilishlari ham ko'pdir.

Oilada doimo ahillik, totuvlik bo'lishi lozim. Agar bu narsa bo'lmasa, oilaga putur yetadi. Uning majburiyatlari buziladi. Oila rasmiy tus olgan taqdirdagina, er-xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, far-zandlari ota-onalari oldida mas'uliyatli va burchli bo'ladilar. Oiladagi ma'naviyat deyilganda er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-muhabbat, shafqat, mehr-oqibat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya va boshqa insoniy tuyg'ular ko'zda tutiladi.

Oilaning birinchi vazifasi o'z nasl-nasabini davom ettirishdan, solih va soliha farzandlarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining tirikchiligini, bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazishdan iboratdir. Ahoh soni ma'lum muayyan ko'rsatkichda bo'lib turishi uchun, ohmlarning hisoblashicha, har 100 oilaga 260 ta bola to'g'ri kelishi kerak. Aniqrog'i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bo'lishi lozim. Olimlar hisoblariga ko'ra, agar har bir oila bittadan farzand ko'rsa, 8-avlodga kelib, ya'ni 200 yildan keyin bu xalq millat sifatida yo'q bo'lib ketishi mumkin ekan. Ma'lumki, oila jamiyatning birlamchi bo'g'inidir. Jami-yat ana shu bo'g'inlardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki bo'g'in emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning o'zi alohida bir olam. Oila - ota-ona va ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug'ishganlaridan iborat kishilar gurahi, boshqacha aytganda, xonadondir. Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligidir. Tabiiy munosabat deyilganda bola-chaqali bo'lish, iqtisodiy munosabat deyilganda mulkiy munosabatlar - uy-ro'zg'or, hovli-joy, boshpana; huquqiy munosabat deyilganda nikohni davlat yo'li bilan qayd etish nazarda tu-tiladi.



Hukm, muhokama, mantiq;
Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. Hukmlar obʼyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan Hukmlar noaniq Hukmlar deyiladi.]
Predikat harf bilan belgilanadi R (latdan predikatum); 3)ligamentlar, rus tilida "is", "is", "mohiyat" so'zlari bilan ifodalangan. Mavzu va predikat hukm shartlari deb ataladi. Ba'zi hukmlarning tuzilishiga, shuningdek, miqdoriy so'zlar ("ba'zi", "hamma", "yo'q", "ba'zan" va boshqalar) so'zlar kiradi. Miqdor so'zi hukm hukm mavzuni ifodalovchi kontseptsiyaning butun hajmiga yoki uning qismiga taalluqli ekanligini bildiradi. Oddiy hukmlarning turlari 1. Mulk bo'yicha qarorlar (atributiv): ular ob'ektning ma'lum xususiyatlarga, holatlarga va faoliyat turlariga tegishli ekanligini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Sxema bunday hukm: « S u yerda R"yoki « S yemang R ". Misollari : "Shirin asal", "Shopin dramaturg emas". 2. Aloqalar bo'yicha qarorlar: ob'ektlar o'rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi hukmlar. Formula , hukmni ikki o'rinli munosabat bilan ifodalaydi, deb yoziladi vaRb yoki R (a,b), qaerda va b - narsalarning nomlari (munosabat a'zolari) va R – munosabatlar nomi. Xulq-atvorda sud qarorida faqat ikkitagina emas, balki uch, to'rtta va undan ortiq mavzular haqida biron bir narsani tasdiqlash yoki rad etish mumkin, masalan: "Moskva Sankt-Peterburg va Kiev o'rtasida joylashgan". Bunday hukmlar formula bilan ifodalanadi R (a,a,a,…,a). Misollar: "Har qanday proton elektrondan og'irroq", "Frantsuz yozuvchisi Viktor Gyugo frantsuz yozuvchisi Stendaldan keyin tug'ilgan", "Otalar o'z farzandlaridan katta". 3. Mavjudlik haqidagi hukmlar (mavjud): ular hukm mavzusining mavjudligi yoki yo'qligi haqiqatini aks ettiradi.
Download 28,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish